Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini
bajaruvchi, umumko’pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila boshlaydi: pul rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga aylanadi. Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1. Qiymat o‘lchovi; 2. Muomala vositasi; 3. Boylik to‘plash vositasi; 4. To‘lov vositasi; 5. Jahon puli. 1. Tovarning almashuv qiymatini ifodalash va uni aniqlash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovar almashuv qiymati va nafliligining pul bilan ifodalanishi uning narxidir. Dastlab pul birliklari va ularning nomlari ko‘pincha muayyan og‘irlikda nodir metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valyuta tizimlarining nomlari (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bo‘lib ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir bo‘lmagan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan metallar nodir, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi 77 nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. 2. Pul – bu ayriboshlashning umumiy tan olingan vositasi. Bu erda «umumiy tan olingan» 14 so‘ziga e‘tiborni qaratish juda muhim. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul, yoki uning tashuvchilari (masalan plastik kartalar) bo‘lishi kerak. Chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi. Dastlab tovarlarni ayribosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayriboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metalni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma‘lum miqdordagi metaldan iborat bo‘lib ular davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi. Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar yeyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan. Muomala sohasida har doim pul muomalasi qonuni bilan tartibga solinadigan ma‘lum miqdordagi pul birligi massasi mavjud bo‘lishi zarur. Umumiy holda pul muomalasi qonuni quyidagicha shakllantirilishi mumkin: tovar aylanishiga xizmat qiladigan pul miqdori tovar massalari narxi summasiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosiblikda joylashadi: , m s R P А bu erda: 14 У ѐки бу айрибошлаш воситаси одатга кўра умуман тан олинган бўлиб қолади. Айирбошлашнинг «Қонуний» ва «умум тан олинган» воситалари тушунчасини аралаштириб юбормаслик лозим. Айрим ҳолларда қонуний айрибошлаш воситалари умуман тан олинмаслиги мумкин. Масалан, муомалага чиқарилган қонунлар. 78 R m – tovar muomalasi uchun zarur pul miqdori, R– sotilgan tovarlar narxlari summasi, A s – ma‘lum vaqt oralig‘ida pul birligining aylanishlar soni. Agar pul miqdori ortgan taqdirda ham iqtisodiyotda tovar massasi doimiy bo‘lib qolsa, bu narxlar o‘sishini keltirib chiqaradi. Muomalaga yetarlicha pul chiqarilmaganda tovarlar omborlarda to‘planib va to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshmasdan, iqtisodiy o‘sish sekinlashuviga olib keladi. 3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor tasodiflaridan ehtiyot qilish va o‘z tovarini sota olish yoki olmasligidan qat‘iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma‘lum pul rezervi bilan ta‘minlashi kerak. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh turgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga keltirishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar. Boylik to‘plash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi. 4. Tovarlar nasiyaga, to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarzga berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan qog‘oz pullar, veksel va banknotlar kelib chiqqan. Kredit pullar qog‘oz pullar bilan qo‘shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Kreditning rivojlanishi bilan pulning to‘lov vositasi sifatida qo‘llanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit – qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o‘rniga bank tomonidan 79 beriladigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yana bir turi cheklar ishtirok etadi. Chek omonat egasi tomonidan o‘z hisobidagi puldan chekda ko‘rsatilgan shaxsga berish to‘g‘risida bankka yozilgan buyruqlardir. Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o‘zaro bir-biriga o‘tkazish yo‘li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi. 5. Jahon puli vazifasini oltin bojargan pulning oltin asosi tugatilgach pul bu vazifani bajarishdan ham to‘xtagan. Lekin ayrim valyutalar ( dollor, Evro) hozirgi davrda ham o‘zining nufuzidan kelib chiqib xalqaro savdoda jahon puli darajasidagi vazifani bajarishi mumkin. Lekin bu ularga jahon puli vazifasi yuklatilganligini bildirmaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitoblar oltin bilan ta‘minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi. Muomalaga elektron kredit pullarning (veksel, chek, qimmatbaho qog‘ozlar) kirib kelish, ya‘ni naqd va naqd bo‘lmagan pul va kvota pullarni ishlatilishi natijasida pul massasi iborasi qo‘llanila boshlandi. Pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo‘lib, faqat naqd pulni hohlagan maqsadda ishlatish mumkin. Tez almashish (likvidlik) tushunchasi, hozirgi zamon qog‘oz pullarini (so‘m, tanga, dollar, lira va h. k.) bevosita sotib olish va har xil to‘lovlarni amalga oshirish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, osonlik bilan qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha engil avtomashina bo‘lsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bo‘lib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma‘lum miqdordagi pul summasiga (dollar, marka va h. k.) ega bo‘lsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayriboshlay olasiz. Pul mutloq tez almashish layoqatiga ega bo‘lishi sababli qiymatni saqlashning ideal vositasi hisoblanadi. 80 Shunday qilib, tovar ayriboshlash va pulning kelib chiqishi hamda tovar – pul muomalasining rivojlanishi bozorning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va uning rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling