Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
borish qonuni
5.1-chizma. Keyingi naflilikning kamayib borish qonuni Tovarlar qiymatining miqdori iqtisodiy resurslar sarfi va unumdorligiga qarab o‘zgaradi. Unumdorlilikning o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Unumdorlik ortsa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Tovar birligining qiymatiga barcha iqtisodiy resurslar safi ham shunday ta‘sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy resurslar unumdorligiga bir qancha omillar ta‘sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanish darajasi va samaradorligi, ishchining malakasi 71 hamda kasb ko‘nikmasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to‘planuv qo‘lami, tabiiy sharoitlardir. 3. Qiymatning turli xil nazariyalari Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me‘yori rolini o‘ynaydi. Bu me‘yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e‘tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, ob‘ektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. 72 Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish; mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish; ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart- sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi: Talab = taklif, bo‘lsa narx = qiymat Talab > taklif, bo‘lsa narx > qiymat Talab < taklif, bo‘lsa narx < qiymat Shunday qilib, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari fikricha tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki ob‘ektiv qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida ro‘y beradi. Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani (1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar masalan, oziq – ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi ―Smit paradoksi‖ nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne‘matlar (non, suv, sut) inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. Marshall, K. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur muammoning nazariy echimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. 73 Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne‘matning qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, ―faqat tovarning nafliligi,‖ ―mehnat sarflariga‖ ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma naflilik, ya‘ni ne‘mat- larning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne‘mat mazkur nusxasi foydaliligining sub‘ektiv bahosini bildiradi. Bu sub‘ektiv baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne‘matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub‘ektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo‘shimcha ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini bildiradi, ne‘matlar zahirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi ne‘mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr – qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Ne‘matning umumiy iqtisodiy qadr qiymati uning qo‘shilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne‘mat birligining, qadr qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Keyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar, qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan 74 ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne‘matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi. Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish harajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish harajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta‘siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y beradi va funktsional tahlilga, ya‘ni bir vaqtda narx va talab – takliflarning o‘zaro ta‘sirini aniqlashga o‘tildi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling