Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3. Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z echimiga ham ega. Bular quyidagilar: 1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. 3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 4. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta‘minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. 5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi. Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e‘tiborga loyiqdir. Bular: 1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Umuman, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. 2. Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzalliklaridan biri, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni erkinlik qoidalari asosida uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi. 88 3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Bunda har bir subekt tinimsiz harakatda va iqtisodiy faol bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta‘minlash uchun kurash iqtisodiyot sub‘ektlarini harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o‘zining bosh nazorat mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni rag‘batlantiradi Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib keladi. Bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish, ko‘pincha ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, balki uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotining navbatdagi kamchiligi jamiyat a‘zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin, daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma‘lum darajada yumshatishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e‘tirof etilgan kamchiliklaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy iste‘mol qilinadigan ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‘ladi. 89 Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling