Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi yo’nalish
- To’rtinchi yo’nalish
Birinchi yo’nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini
yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar qilish. 17 Ikkinchi yo’nalish – tizimdagi o‘zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo‘ladigan qonunlar asoslari yaratildi. 18 Uchinchi yo’nalish – xo‘jalik yuritishning va institutsional o‘zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmini yaratishga qaratilgan qonunlar. 16 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.: «Ўзбекистон», 1995, 19-бет. 17 Шу йўналиш бўйича Республикада қуйидаги қонунлар қабул қилинди: Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг асослари тўғрисида; Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар маҳкамаси тўғрисида; Жойларда давлат ҳокимияти тўғрисида; Фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари тўғрисида. 18 Бундай қонунлар жумласига мулкчилик тўғрисидаги, ер тўғрисидаги, давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисидаги, ижара тўғрисидаги ва шу каби қонунлар киради. 106 To’rtinchi yo’nalish – Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub‘ekti sifatida ta‘riflovchi huquqiy normalar. Beshinchi yo’nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta‘minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo‘lgan muassasalar tizimi tuzildi. Qishloq xo‘jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo‘jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan qismi keng rivojlandi. Milliy xo‘jalik, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy tarkibi shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta‘minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib bu bosqich uchun bir qator vazifalar belgilab olinadi 19 . Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling