Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kunda ham ahamiyatli bo’lgan ustuvor yo’nalishidir.
ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bu donli ekinlar
maydoni kengaytirish, paxta ekiladigan maydonlarini esa tegishli ravishda qisqartirish hisobiga qisqa davrda to‘liq don mustaqilligiga erishish imkonini bergan. Agrar islohotlarning g’oyat muhim yo’nalish – qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib olish va ularni iqtisodiyotning bosh- qa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o‘zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo‘lgan, qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni va keng tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kunda ham ahamiyatli bo’lgan ustuvor yo’nalishidir. Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beri- 111 ladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag‘ ajratish, milliy xo‘jalikni rivojlantirishda investittsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasi uchun javobgarligini oshirishga qaratildi. Shu maqsadda Respublikada Markaziy bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Ixtisoslashgan aktsiyadorlik – tijorat banklari shakllantirildi. Respublikada islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish printsipi, ayniqsa narxlarni erkinlashtirishga yondashishda yorqin namoyon bo‘lgan. Narxlarning erkin shakllanishi uchun dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi mutanosiblikka erishishga harakat qilinadi. Respublikada boshqarish tizimini isloh qilish butun iqtisodiyot, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va davrga mos bo‘lgan tuzilmalarini ishlab chiqish orqali amalga oshirildi. Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi yoki ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma‘muriy apparatlar o‘rniga yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. Masalan, Iqtisodiyot vazirligi, respublika ulgurji va birja savdosi aktsiyadorlik uyushmasi, antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish qo‘mitasi kabilar shular jumlasidandir. Respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini boshqarish tizimida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tarmoq vazirliklari uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi ayrim faoliyat sohalarida milliy kompaniyalar tuzildi. 112 Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya – boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimlik joriy qilindi. Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar xom-ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta‘minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi. Uchinchi yo‘nalish mehnat bozorini shakllantirishdan iborat bo‘lib, bu sohada mehnat birjalarini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq shakllantirildi. Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy majmuasi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni bosh- qarishning yangi tizimi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilib borildi. Birinchi yo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish. Ikkinchi yo‘nalish – respublikaning ichki iste‘mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish. Uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash. 113 Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida qaror topgan ma‘naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olingan. Shunday qilib, islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta‘minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e‘tiborli mamlakatga aylantirishga qaratiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling