Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va 
xususiyatlari. 
Markazlashgan ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni 
tanlashlari mumkin. Bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyutsion va 
evolyutsion yo‘llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim 
mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyutsion yo‘lini, birdaniga katta 
to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib 
davolash» degan usulni qo‘lladilar. Bu yo‘lni amalga oshirish uchun Rossiyada 
«300 kun», «500 kun» degan o‘tish dasturlari ishlab chiqilib ularni tezkorlik bilan 
amalga oshirishga harakat qilindi.


104 
O‘zbekistonning yangi iqtisodiy tizimiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li
rivojlanishning o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini 
hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion 
to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda 
asta-sekinlik, lekin qat‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishdan iboratdir. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimov tomo-
nidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan. 
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini 
ta‘minlash. 
Ikkinchidan, o‘tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi. 
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga 
asoslanmog‘i, qonunlarning ustunligini ta‘minlash. 
To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy 
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 
Beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. 
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim 
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o‘tish printsipi alohida e‘tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning 
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi 
sharoitlarda ishlay oladigan xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini 
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy, maishiy va 
boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi 
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish haqidagi 
g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. 


105 
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi 
ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yildi: 
– totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
– Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda 
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
16
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim 
yo‘nalishlari aniqlab olindi. 
Birinchidan, 
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, 
islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; 
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy 
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va iqtisodiyotning boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish. 
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, 
moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash. 
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning birinchi 
bosqichida bir nechta yo‘nalishlarda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan, 100 
ga yaqin asosiy qonun-hujjatlar qabul qilindi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling