118
Islohotlar kontseptsiyasi – ijtimoiy–iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad
va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining
umumiy g‘oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida
makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni
yuksaltirish uchun
shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Muhokama uchun savollar
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llarini
ta‘riflab bering. Ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.
2. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga
ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?
3. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich
qaror toptirish tamoyili
mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini
to‘laroq bayon qiling.
4. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizning fikr-mulohazalaringizni
bildiring.
5. Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z
oldiga qanday
vazifalarni qo‘yadi? Bu vazifalarning to‘laroq tavsifini bering.
6. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning etakchilik faoliyati
nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.
7. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror
toptirishning qanday davlat
dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tahlil qiling.