Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
-chizma.Talabning narxdan tashqari omillar ta’sirida o’zgaruvchanligi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’molchi xohish-istaklari.
8.2-chizma.Talabning narxdan tashqari omillar ta’sirida o’zgaruvchanligi
23 Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. Talabga narxdan tashqari quyidagi omillar ta‘sir qo‘rsatadi: 1) Iste‘molchining didi; 2) Bozordagi iste‘molchilar soni; 3) Iste‘molchining daromadlari; 4) Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; 5) Kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi qutilishi. Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta‘sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz. 1. Biror mahsulotga nisbatan iste’molchi didida ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste‘molchi didiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi. 2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, ularning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining 23 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 48 . 123 takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi. 3. Iste‘molchi daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamay- tiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste‘molchilar narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qiladi, bunda ular kamroq non, kartoshka, karam sotib olishi mumkin. Ortiqcha daromad unga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar kamayganda talab oshadigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi (masalan, kartoshka). 4. O‘zaro bog‘liq tovarlarga talabning ortishi yoki kamayishi, ularning bir- birining o‘rnini bosish darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli sariyog‘ narxi oshsa, bu margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar sariyog‘ narxi tushsa bu margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi. Demak, agar ikki tovar o‘rnini bosuvchi tovarlar hisoblansa, ulardan birining narxi bilan boshqasiga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Ikkita tovar bir-birini to‘ldiruvchi hisoblansa, ularga bir vaqtda talab paydo bo‘ladi. Masalan benzin va motor yog‘iga talab o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birining narxi va boshqasiga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. 5. Kelgusida iste‘molchi daromadlari va tovar narxi o‘zgarishining kutilishi, tovarlarning mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste‘- molchi joriy talabning oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. 124 6. Iste’molchi xohish-istaklari. Iste‘molchi xohish-istaklaridagi o‘zgarishlar talabni o‘zgartirishi mumkin. Kelajakda narxlarning ko‘tarilish ehtimoli iste‘- molchilarni hozirning o‘zida sotib olishga undaydi, bu holat hozirgi talab darajasini oshiradi. Ayni shu holat ko‘chmas mulk bozorlarida bo‘lib o‘tadi. Xaridorlar yangi uy-joylarning narxlari oshib ketishi mumkinligidan havotirga tushib qolishadi. Ba‘zi haridorlar agar o‘zlari xohlagan uylarni sotib olmasalar, ―modadan orqada qolish‖dan qo‘rqishadi. Boshqa haridorlar bu uylarni keyinroq sotib yuborishni rejalashtiradilar 24 . Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling