117
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaharakatlar strategiyasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi:
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor
yo’nalishlari.
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo’nalishlari.
III.
Iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning
ustuvor
yo’nalishlari.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari.
IV.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash
hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
Tayanch tushunchalar
O’tish davri – bir
iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy
munosabatlardan
butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish taqozo
qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‘zgarishlarni amalga
oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik
yuritishning
shakllari va turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: