121
Iste‘molchilar ma‘lum bir tovarni uning narxi past bo‘lsa, ko‘proq sotib ola
boshlaydi. Iste‘molchi uchun narx to‘siq sifatida chiqadi.
Boshqacha aytganda,
yuqori narx iste‘molchining xarid qilish istagini pasaytiradi,
past narx esa bu
istakni kuchaytiradi.
Real iqtisodiy hayotda ba‘zan narxlar o‘ssa-da ayrim tovarlarga talabning
ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar ham uchraydi.
Bu vaziyat Giffen
samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan). Giffen kambag‘al
ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste‘mol qilish
kengayishini kuzatib, bu samarani izohlab bergan.
Tushuntirish shunga
asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila iste‘molida mahsulotlarning asosiy qismini
egallaydi. Agar go‘sht narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht
sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan
daromadining barchasini narxi ortsa ham kartoshka sotib olishga sarflaydi.
Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi ayrim tovarlarga talabning
kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda tasvirlash mumkin:
yotiq chiziq talab
miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni aks
ettiradi.
122
Bunda har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste‘molchi shu narxda sotib
olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talabning hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq
talab egri chizig’i deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: