Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


IX BOB. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

IX BOB. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI 
1. Narxning mazmuni va vazifalari. 
2. Raqobatning 
turli 
shakllari 
sharoitida 
narxning 
shakllanish 
xususiyatlari. 
3. Narxning turlari. O’zbekistonda davlatning narx siyosati. 
 
1. 
Narxning mazmuni va vazifalari 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda 
topadi. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste‘molchilarni rag‘bat-
lantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. 
Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya‘ni ma‘lum 
bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin 
qilinadi va unga turlicha ta‘rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga 
uning o‘zgarishiga turli omillar ta‘sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni 
biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari 
g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm 
yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq 
aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi 
qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e‘tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar 
esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri 
o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar
32

Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy 
harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor 
mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, 
tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ruyobga 
chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. 
32
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 

436-437 


138 
Narxning mazmuniga bu turlicha qarashlardan A.Marshall tomonidan 
sintezlashtiriladi. 
A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab 
va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi. 
U o‘z qarashlarida keyingi qo’shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, 
talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat 
qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi. 
Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir. 
A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya‘ni 
kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan 
pul miqdori bilan o‘lchanadi. 
Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi. 
a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb 
qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi. 
b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir. 
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab 
chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul 
ko‘rinishida mujassamlatiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling