Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Erkin yoki sof raqobat sharoitida narxning shakllanishi. E
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Erkin yoki sof raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat
sharoitida ―sotuvchi” va “xaridor” narxlari bozor narxiga aylanadi. Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Xaridor esa tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor. Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta‘minlanguncha, ya‘ni bozor narxi paydo bo‘lguncha davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi maydonga chiqib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi hamda «so‘nggi qo‘shilgan naflilik» printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin» 34 . 34 Маршалл А. Принципы экономической науки. В 3 т. М., 1993. Т.III. С.282. 141 Erkin raqobatli bozor sharoitida narx umumiy talab va umumiy taklif ta‘sirida shakllanib A.Marshall ta‘kidlaganidek, uning asosida ―ijtimoiy zaruriy naflilik‖ va ―ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari‖ yotadi. (9.1-chizma). 9.1-chizma. Erkin raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi Chizmadan ko‘rinadiki, faqat narxning R E darajasidagi talab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har qanday yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi. Narxning R A darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar. Narxning R V darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bunda talab taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo‘lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar. Sof raqobat sharoitida aholida ishlab chiqaruvchilar ham, alohida iste‘molchilar ham narx darajasiga ta‘sir ko‘rsata olmaydigan, faqat uncha moslashishga majbur bo‘ladi. Faqat umumiy talab yoki umumiy takliflardagi ancha katta o‘zgarlar bozor narxida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling