Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx 
shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, bunda monopoliyalar narxlarni 


142 
belgilashda nisbiy hukmronlikga ega. Bunda monopoliyalar talabning umumiy 
ortishi bilan narxning o‘sishi hamda taklifning umumiy ortishi bilan narxning 
pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. 
Ommaviy tartibda foydalaniladigan tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z 
manfaatlari yo‘lida taklif cheklanganda narxning oshishi tendentsiyasidan 
foydalanadilar. 
Umumiy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks 
ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi 
darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib 
boradi.
Shu sababli monopolistlar mahsulotlarning sun‘iy taqchilligini vujudga 
keltirish maqsadida o‘z tovarlarini sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda 
tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab 
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. 
Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular narxlarni yanada 
yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning 
qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishni qoplashi 
hamda daromad miqdorining o‘sishini ta‘minlashini nazorat qilib turadi.  
Umumiy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni 
aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, 
bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning kamayishi 
bilan bozor narxi pasayib boradi. ( 9.3 chizma) 
Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
) bozor narxining xaridorlarning 
umumiy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi. 
Monopolist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi
xomashyosini yig‘im-terimi davrida oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta 
miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo‘yadi. Afrikadan an‘anaviy tarzda eksport 
qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan o‘ta past 
narxlar o‘rnatib kelinadi.  


143 
 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling