Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  Narxning turlari. O’zbekistonda davlatning narx siyosati


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. 
Narxning turlari. O’zbekistonda davlatning narx siyosati 
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular 
narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir. 
I. 
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi. 

Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. 
U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari 
va foydasini o‘z ichiga oladi. 

Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste‘molchilarga sotiladigan narxlar. 
Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo 
tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi. 

Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan 
tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va 
imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. 

Dotatsion narxlar. Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir. 

Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi 
mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga 
«suqilib kirish» narxi deb ham ataladi. 

Nufuzli narxlar. Aholining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan 
nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi. 

Ta‘riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) narxi 
sifatida chiqadi. 
II. 
Tartibga solinishi darajasiga ko’ra narxining quyidagi turlari 
mavjud bo’lishi ko’zda tutiladi. 

Qat‘iy belgilangan narxlar. Ma‘muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta‘sir 
ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi. 

Erkin narxlar. Talab va taklif ta‘siri ostida vujudga keladigan bozor 
narxlaridir. 

Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori 
(iste‘molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) 


148 
chegarasini belgilanganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, 
narxga ta‘sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 
Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish 
mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi 
chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani 
jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod 
bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak. 
Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini 
minimal darajada ta‘minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan
ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-
ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi bilan 
arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar.

Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi tomonidan 
shartnomada qayd qilingan narxlardir. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling