Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Talab va taklif nisbati hamda uning o’zgarishi. Bozor muvozanati


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. Talab va taklif nisbati hamda uning o’zgarishi. Bozor muvozanati 
Narx va boshqa omillar ta‘sirida talab va taklif miqdori o‘zgarib ular bir-biri 
bilan doimo ma‘lum nisbatda bo‘ladi, hamda bu nisbatlar ham muqarrar o‘zgarib 
turadi. O‘z navbatida talab va taklif nisbati bozor narxini belgilab beradi. Ba‘zan 
talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim hollarda taklif talab 
miqdoridan oshib ketib, narx pasayadi. Talab bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat 
bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi
29
. Bozor muvozanati 
vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba‘zan 
muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx 
har doim barqaror turmaydi, ularga ta‘sir qiluvchi ko‘plab omillar 
29
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 
2014. page 54 


128 
muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu 
muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 
8.5-chizma. Bozor muvozanati
30
Grafikda K nuqtaga muvozanatli narx (S
m
) va mahsulotning muvozanatli 
miqdori (Q
m
) mos keladi. Muvozanatli nuqta (K) yoki muvozanatli narx (S
m
)ga 
tasvirlanganidek sotuvchi va xaridorlar manfaatlarining spiral bo‘yicha harakati 
natijasida bir-biriga yaqinlashish yo‘li bilan erishiladi. Xususan, bizning misolda, 
narx 5000 so‘m bo‘lganda, xaridor mazkur tovar (un) dan 10 kg sotib olishga, 
sotuvchi esa 60 kg bozorga chiqarishiga tayyor bo‘ladi. 1000 so‘mlik narxda 
sotuvchi va xaridorlar ahvoli butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: sotuvchi 
faqat 5 kg un chiqarishga, xaridor esa 80 kg sotib olishga tayyor bo‘ladi va hokazo. 
8.7-chizma. Muvozanatli narx 
30
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-
Hill, 2014. page 54 


129 
Talab va taklifning o‘zgarishi spiral bo‘yicha har bir harakatida ularning 
manfaati muvozanatli nuqtaga erishilguncha bir-biriga yaqinlashib borishini va 
muvozanatli nuqta ular talab va taklifi tengligini ko‘rsatadi.
Grafikda 1 va 2 nuqtalar o‘rtasidagi farq tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini 
ko‘rsatadi va to’yingan bozorni xarakterlaydi. Aksincha, 3 va 4 nuqtalar 
o‘rtasidagi farqda tovar kamyobligi vujudga keladi va bu taqchil tovar bozorini 
tavsiflaydi. 
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik 
holatni farqlash zarur. 
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki 
doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga 
moslasha olmasligi bilan bog‘liq. 
Qisqa davrli muvozanatlik, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal 
qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram 
kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. 
Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan 
foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, 
yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar 
haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda 
yangi sotuvchilarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. 
Iste‘molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda 
narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi 
uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta 
o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan 
egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid 
miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. 
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolganda, narx 1% 
o’zgarganda talab necha foizga o’zgarishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich talabning 


130 
narxli egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi
31
. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib 
talabning egiluvchanligi deb ataladi. 
Talabning narxli egiluvchanlik (E
t
) darajasi quyidagi formula bo‘yicha 
hisoblanadi 
S
Q
E
t



Bu erda:

Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; 

S – narxlarning foizli o‘zgarishi. 
Talabning narxli egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud 
bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 
1. Mahsulotlarning o’rnini bosuvchanligi. 
Iste‘molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar 
ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof 
raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari 
mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay 
egiluvchan bo‘ladi. 
2. Mahsulot qiymati (narxi) ning iste’molchi daromadidagi salmog’i. 
Iste‘molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta o‘rinni egallasa, 
unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam 
narxining 10 foizga o‘sishi, bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan 
mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, 
avtomobil yoki uy narxining 10 foizli o‘sishi, mos ravishda 50 yoki 150 mln. 
so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar daromadining 
katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki bu sotib olinadigan mahsulot 
miqdorini sezilarli kamaytiradi. 
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. 
Zebu-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga 
esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiya zaruriy 
iste‘mol buyumlari hisoblanadi, Shu sababli ularga narxning oshishi non yoki 
31
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. 
page 57-58 


131 
elektr energiyani iste‘mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa 
tomondan zebu – ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni qiyinchiliksiz 
iste‘moldan chiqarib tashlash mumkin. 
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, 
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 
10% ga ko‘tarilsa, iste‘molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi 
mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq yoki 
baliq go‘shtiga o‘tkazishi mumkin. 
Talabga nafaqat tovarlar narxi, balki boshqa omillar, jumladan iste‘molchi 
daromadlari va boshqa tovarlar narxi ham ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shu sababli talab egiluvchanligi bu barcha boshqa omillar bo‘yicha ham 
yuqorida qarab chiqilgan tartibda aniqlanadi. 
Muayyan tovarga talab boshqa tovarlar narxi o‘zgarishiga sezgirlik darajasi 
talabning kesishmali egiluvchanligi (KE) deyiladi. Mazkur ko‘rsatkich A tovarga 
bo‘lgan talab V tovar narxi 1%ga o‘zgarganda necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Kesishmali egiluvchanlik nisbiy (KEO) va nolga yaqin yoki 
teng(KE=O) bo‘lishi mumkin. Birinchi holda V tovarga narxning o‘sishi A tovarga 
talabning qisqarishiga olib keladi. Bunda A va V tovarlar bir-birini to‘ldiruvchi 
(avtomashina va benzin, fotoapparat va fotoplyonka) hisoblanadi. Ikkinchi holda, 
A va V tovarlar bir-birining o‘rnini bosuvchi (konfet va tort, sovun va shampun, 
choy yoki kofe) hisoblanadi. Uchinchi holda, esa A va V tovarlar bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan yoki daxlsiz hisoblanadi. 
Shu sababli V tovarga narxning o‘zgarishi A tovarga talabga hech qanday 
ta‘sir kursatmaydi yoki bu ta‘sir sezilarsiz bo‘ladi. 
Umumiy holda narx tizimida o‘zaro bog‘liqlikning uchta asosiy turi mavjud 
bo‘ladi: 


132 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling