Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shved model»
- «Janubiy Koreya modeli»
- «Xitoy modeli»
«Yaponcha model» – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan
mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar tomonlama va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg‘usi asosida yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida barcha resurslarni to‘plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potentsialni o‘stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo‘ljallanib, (Amerika va G‘arbiy Evropa)dan eng yangi texnika, texnologiya, «nou-xau» sotib olinib, yuqori mehnat unumdorligiga erishildi, tadbirkorlik qo‘llab quvvatlandi. Jahon bozorida xomashyo va yoqilg‘ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning yo‘qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol o‘ynaydi. «Shved model» – uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy yo‘naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. Aholining kam ta‘minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu andozaning shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va kasaba uyushmalarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda katta o‘rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. «Janubiy Koreya modeli» – Shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa muddat ichida rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. Markazlashtirilgan tarzda uzoq va o‘rta muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularning bajarilish muddatlarining belgilanishi, xo‘jalik yuritishda bozor uslublarini qo‘shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar safiga qo‘shilib, jahon tsivilizatsiyasida o‘ziga xos munosib o‘rinni egallash imkonini beradi. «Xitoy modeli» – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo‘jaligini isloh qilishdan boshlandi. Qishloq xo‘jaligida xalq kommunallari asosiy xo‘jalik 85 yurituvchi sub‘ekt bo‘lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Dehqonlar ishlab chiqargan mahsulotlarning bir qismini davlatga shartnoma asosida va soliq hisobida topshiradilar, boshqa bir qismini mahalliy fondga topshirib, qolgani o‘z ixtiyoriga ko‘ra erkin narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin. Shunday qilib, har bir mamlakatning bozor munosabatlarini shakllantirishdagi boshqa mamlakatlar bilan o‘xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor iqtisodiyotining u yoki bu modeliga kiritish mumkin. Shu bilan birga har bir mamlakat o‘ziga xos xususiyatlar bilan boshqalardan farq qilar ekan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘liga va o‘z modeliga ega bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling