Bozor iqtisodiyotining afzalligi va kamchiliklari Bozor iqtisodiyoti


II . Raqobatning yetuklilik darajasi yoki bozor subyektlarning mavqeiga ko`ra


Download 16.03 Kb.
bet3/5
Sana11.11.2023
Hajmi16.03 Kb.
#1765782
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotining

II . Raqobatning yetuklilik darajasi yoki bozor subyektlarning mavqeiga ko`ra
  • Sof raqobatli bozor.
  • Sof monopolistik bozor.
  • Monopolistik raqobatli bozor.
  • Oligopolistik bozor.
    • III. Hududiy qamrov darajasiga ko`ra
    • Mahalliy bozorlar.
    • Milliy bozorlar.
    • Jahon bozori.
    • IV. Savdo bitimlarini amalga oshirilish tartibiga ko`ra
    • Chakana savdo bozorlari.
    • Ulgurji savdo bozorlari.
    • V. Mulk shakllariga ko`ra
    • Davlat savdosi.
    • Kooperativ savdo.
    • Dehqon bozori.
    • Moliya bozori
    • Qarz majburiyatlari bozori (iste`molni qondiradigan pul)
    • Valuta bozori
    • Kapital (mulk) bozori
    • Ssuda kapitali bozori
    • Qimmatli qog`ozlar bozori
    • Qarz majburiyatlari bozorida olingan pul shaxsiy iste`mol uchun ishlatiladi.
    • Kapital bozorida qo`yilgan puldan daromad olishi huquqi sotiladi va sotib olinadi.
    • Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozorida ularning yangidan chiqarilgan nusxalari sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorida oldin chiqarilganlari harakatda bo`ladi.
    • Mehnat birjasining vazifalari:
    • Ishsizlarni ro`yxatga olish.
    • Ishsizlarni mos o`rinlarda ish bilan ta`minlash.
    • Ish bilan ta`minlanganlarni qayta o`qitish va yangi kasbga tayorlash.
    • Ishsizliklarni ijtimoiy himoyalash.
    • Bozor segmenti – bu bozorni alohida belgilariga qarab bo`g`inlarga ajratish. Unga ikkita sabab asos bo`ladi:
    • Iste`molchilarning ijtimoiy – iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijadasida ular talabining o`zaro farqlanishi.
    • Alohida tovar ishlab chiqarishning tabaqalanishi.
    • Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari:
    • I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya`ni to`lovga layoqatliligi.
    • II.Hududiy va ijtimoiy demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy va iqlim sharoiti va h. k.).
    • Bozor infratuzilmasining turkumlanishi:
    • I. Ishlab chiqarish tipidagi muassasalar: ombor xo`jaligi,saqlash va uzatish moslamalari, transport hamda aloqa xizmati.
    • II.Ayriboshlash jarayoniga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: tijorat do`konlari, savdo uylari, supermarketlar, savdo agentliklari,birjalar, auksionlar va boshqa savdo –sotiq muassasalari.
    • III.Moliya kredit munossabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar: kredit – bank muassasalari, sug`urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari.
    • IV. Ijtimoiy sohaga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: uy –joy va kommunal xizmati idoralari, mehnat birjasi va agentliklari.
    • V. Axborot xizmati idoralari: auditorlik firmalari, huquqiy masla-hatnomalar, axborot agentliklari.
    • 4. Bozor infratuzilmasi va uning usullari.
    • Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o`rnatish ularning bir maromda amal qilishini ta`minlashga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar.
    • Universal birjalar – har xil tovarlar bilan savdo –sotiq qiladi.
    • Ixtisoslashgan birjalarda – ayrim turdagi yoki bir guruhga kiruvchi tovarlar sotiladi.
    • Tovar birjasi – namuna yoki andozalar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo – sotiq ishlarini o`tkazuvchi tijorat muassasasi.
    • Broker (makler) lar – bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi –sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmalar.
    • Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo`lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasi.
    • Auditorlik firmalari – korxonalarning moliyaviy – xojalik faoliyatini tekshirib va ular hisobotini ekspertizadan o`tkazib beruvchi mustaqil axborot xizmati muassasalaridir.
    • Savdo firmalari – tijorat ishini yurituvchi ulgurji va chakana savdo korxonalaridir. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o`z mulkiga sotib olib, keyin iste`molchilarga sotadi. Chakana savdo korxonalari mustaqil do`konlar, maxsus savdo shaxobchalari va supermarketlardan iborat bo`ladi.

    Download 16.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling