Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Market


Tovarning asosiy tashkil etuvchilari va uch darajasi


Download 152.84 Kb.
bet11/27
Sana02.08.2023
Hajmi152.84 Kb.
#1664563
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kel-fayllar.org

2.Tovarning asosiy tashkil etuvchilari va uch darajasi.
Marketing nuqtai nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatga ega bo‘lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan xususiyatlarining majmuidan tashkil topadi.

Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning (F.Kotler. Osnovы marketinga. – M., 1990) tasnifiga ko‘ra tovarning uch darajasi mavjud (8- rasm).



8-rasm. Kotler bo‘yicha tovarning uch darajasi
F.Kotler bo‘yicha tovarning uch darajasini o‘rganib quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
1. Tovarni yaratish g‘oyadan boshlanadi. Bu g‘oyada yaratiladigan tovar iste’molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o‘z aksini topadi.
2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o‘rab-joylanishi, sifati, markasi qanday bo‘lishi, ya’ni real bajarilishini o‘ylab ko‘rish zarur hisoblanadi.
3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‘rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag‘batlantirish, ya’ni tovarni qo‘llab-quvvatlovchi omillar haqida ham o‘ylash kerak bo‘ladi.
Marketingda tovar qator belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
  1. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi.


  2. Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa turlarini kiritish mumkin.


  3. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar. Bularga sartaroshxonada soch oldirish, kiyim tikish, soatlarni tuzatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin.


Bundan tashqari tovarlarga so‘nggi qo‘llanilishi nuqtai nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar.


Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan eng zarur tovarlardir.
Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir.
Tovarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Bu tushuncha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Tovarning ko‘zda tutilayotgan xususiyatlarning tahlilini tizimli ravishda amalga oshirish zarur (8-rasmga qarang.)



Download 152.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling