Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Market


Tovarning hayotiy davri va bosqichlari


Download 152.84 Kb.
bet14/27
Sana02.08.2023
Hajmi152.84 Kb.
#1664563
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kel-fayllar.org

3. Tovarning hayotiy davri va bosqichlari.
Tovarning hayotiy davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan davridan boshlab, to uning qolishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Tovarning hayotiy davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertami-kech ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovar hayotiy davrining diapazoni anch keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin.
Tovarning hayotiy davri konsepsiyasi ilk bor amerkalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965 yilda ta’riflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm kabi hayotiy davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug‘ilish, so‘ngra etuklik, qarillik bosqichlarini o‘tib, olim bilan o‘z yashash davrini tugatadi. Shunga o‘xshash iyoslasak, tovar hayotiy davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish o‘sish etuklik va chiqish kabi bosqichlarni o‘taydi.
Tovarning tipik hayotiy davrini quyidagi 10-rasmda egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin.
Tadqiqotlar va tovarni ishlash bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan rasmda bu bosqiga tartib raqami quyilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqoqchilar marketing yordamida iste’molchining mazkur mahsulotga muhtojligini potensial ist’molchilar kimlar bo‘lishi va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu erda marketingning vazifasi potensial iste’molchilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib berishdan iboratdir.
Bozorga chiqish bosqichi. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga kelib tushushi bilan boshlanadi. Bu bosqichda sotishning asta-sekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu erda marketingning maqsadi aniq, ya’ni tovar uchun bozorni yaratishdan iboratdir (ayniqsa, agar bu mutloq yangi tovar va unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar deyarlik yo‘q yoki ular juda kam sonni tashkil etadi. Bu bosqichda iste’molchilar


Download 152.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling