Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Market


Download 152.84 Kb.
bet2/27
Sana02.08.2023
Hajmi152.84 Kb.
#1664563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kel-fayllar.org

Tovarni o‘rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda tovarning sifatliligi, raqobatbardoshligi, yangiligi, hozirgi va bo‘lajak xaridorlar ehtiyojlarini qondiraolishqobiliyati, xaridorlar talabi, uning mahalliy qonunchilik tartib va qoidalar talabiga to‘g‘ri kelishi, davlat hujjatlari asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Xaridorlarni o‘rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish usullari, tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda va h.k.
Raqiblarni o‘rganish. Raqiblarning savdo belgilari, bozorda katta ulushga erishgan raqiblar tovarlarining muhim sifatlari, sotuvni rag‘batlantirish usullari, narx siyosati, tovar o‘ramasi, ITTKI, sotish usullari, foyda va zarar sabablari va h.k.lar o‘rganiladi.
«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda «pul tovar orqasidan yuguradi».
Sotuvchi bozori – bunday sharoitda albatta firma o‘z tovarini sotish uchun ko‘p kuch sarflamasligi, o‘z ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgartirmasligi, mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga, dizayniga e’tibor qaratmasligi mumkin. Taklifning talabdan orqada qolishi bozorda raqobatning sustligini ko‘rsatadi.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini «muvozanatli bozor» deb yuritiladi bozorni ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi:
-ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish,
-yetarli darajada mahsulotlar zaxirasini barpo etish,
-xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha,
-talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko‘radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura xaridor uchun qulay bo‘ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko‘radi. Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi.
3. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‘lishi.
4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5.Bozor kon’yunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi.
Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin.
  1. Faktografik uslublar.


  2. Ekspert uslublar.


  3. Ekstropolyasiya uslubi.


  4. Ekonometrik modellar.



Bozorni segmentlash tamoyillari




  • Tovar- bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.


  • Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.


  • Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak.
  • 1-daraja


  • Maqsadli Tovar bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi.


  • 2-daraja


  • Real bajarilgan Tovar – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir.




  • 3-daraja


  • Yordamchi kuch berilgan tovar– bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir.


  • Tovar siyosati – bu korxonabozorga taklif etayotgan mahsuloti bo‘yicha echimlar kompleksidir.


  • Tovar siyosati maqsadi – bu bozorga aniq va ma’lum bir ehtiyojlarni qondiradigan tovarlarni taklif etishdir.


Tovar siyosatining vazifalari quyidagilardan iborat:


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling