Tovar narxlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
“Qaymog‘ini olish” strategiyasi
Bozorga yorib kirish
“Psixologik” narx
Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx
Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari
Tebranib turuvchi narx
Uzoq muddatli narx
Egiluvchan narx
Ustunlik narx
Kelishilgan narx
Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx.
3-amaliy mashg‘ulot: Marketing asoslari.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishdir.
Tayanch iboralarni o’rganing va yozib oling. Bozor, axborot, marketing kommunikatsi, bozor segmenti, islohot, bozorni tadqiq etish, bozorning raqobatchilik haritasi, brending, diversifikatsiya, imij, marketing konsepsiyasi.
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar.
-Rossiyalik olim I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing – bu bozorni o‘rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir».
-Taniqli evropalik marketolog Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‘zida biznes 22 falsafasi va faol jarayondir».
-Igor Mann fikricha, “marketingning asosiy vazifasi – bu mijozlarni o‘zlashtirish va ushlab qolishdir. Nuqta” deb ko‘rsatgan. SHarl Degol esa, “Har doim eng qiyin yo‘lni tanlang – unda siz raqobatchilarni uchratmaysiz” degan fikrni ilgari surgan. -Zinov Davidov esa, “men hech qachon marketing bilan shug‘ullanmaganman. Men faqat o‘z mijozlarimni yaxshi ko‘rganman” degan fikrni bildirgan.
-A.Soliev fikricha, marketing falsafasi talablari shundan iboratki, tadbirkorlik faoliyati yoki biznes hatti – harakatini faqat iste’molchiga qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |