Bozor va tadbirkorlik


Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “mulk egasi”


Download 80 Kb.
bet2/8
Sana05.02.2023
Hajmi80 Kb.
#1168462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “mulk egasi” degan ma’noni bildiradi.

Biznes (inglizcha – business; ruscha –дело, антерпренерство – ish, mashg‘ulot) – tavakkalchilik va o‘zining javobgarligi ostida xususiy yoki qarzga olingan vositalari hisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maqsadi foyda olish va o‘z faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor iqtisodiy faoliyatdir.

Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo‘nalishidir.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov qayd etganidek, “...Soha rivoji uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza shakllantirilgani va muntazam takomillashtirilib borilayotgani, biznes uchun imtiyoz va preferensiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganligini ta’kidlash lozim”.
(Karimov I.A. “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” xalqaro konferensiyadagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. 2012. 15-sentabr.)

Bozor munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar bir qator qonunlarida, jumladan, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ushbu huquqiy munosabatlarni Tadbirkorlik huquqi modul fani o‘rganadi, u bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayonida muhim huquqiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling