Bozor va tadbirkorlik


Tadbirkorlik huquqining asosiy prinsiplaridan yana biri tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning o‘zaro raqobatidir


Download 80 Kb.
bet6/8
Sana05.02.2023
Hajmi80 Kb.
#1168462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Tadbirkorlik huquqining asosiy prinsiplaridan yana biri tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning o‘zaro raqobatidir.
Bu prinsipning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, ko‘p va yuqori sifatli mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqara olsa, u ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotda imtiyozga ega bo‘la oladi.
Qonuniylik prinsipi barcha fanlarga doir bo‘lgan umumiy prinsip bo‘lsa ham, tadbirkorlik huquqida u bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu prinsip mazmunida tadbirkorlik subyektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi.


1.3. Tadbirkorlik huquqining manbalari
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar va qonunosti hujjatlari tadbirkorlik huquqining manbalari sifatida e’tirof etiladi.
Misol uchun, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi asosiy qonun “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, va tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilovchi qonunosti hujjatlari.

Tadbirkorlik huquqining manbayi – bu tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan tadbirkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardir.

Tadbirkorlik huquqining manbalari:
O‘zR Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zR Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
O‘zR Oliy Sudi va Oliy Iqtisodiy sud plenumlari qarorlari. Tadbirkorlik qonunchiligining rivojlanish bosqichlari va kodifikatsiyalashtirish masalalari haqida fikrlar.
O‘zbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbai vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlardir.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling