Bozorlar samaradorligi


Bozor muvozanatini baholash


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana10.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1183829
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 мавзу ISTE\'MOLLAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI, ISTE\'MOLCHI TANLOVI VA MUVOZANATI.

Bozor muvozanatini baholash 


99 
7-rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida isteʼmolchi 
va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini koʻrsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi 
muvozanat narxidan yuqorida va talab egri chizigʻidan pastda 
joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa 
muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizigʻidan yuqorida 
joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib
muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari oʻrtasida 
joylashgan shaklning umumiy maydoni ushbu bozordagi umumiy 
ortiqchalikni aks ettiradi. 
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu 
umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish 
uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida boʻlganda bozor narxi bozor 
faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi. 
Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar 
(talab egri chizigʻida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovarni uni narxidan 
past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib 
olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga oʻxshash, xarajatlari narxdan 
kichik boʻlgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab 
Muvozanatli bozorda iste’molchi va 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 
Jami ortiqchalik – ishlab chiqaruvchi 
va iste’molchi ortiqchaligining jami – 
talab va taklif egri chizigʻining 
muvozanat maydongacha boʻlgan 
maydon.
Rasm 
Narx 
Miqdor 
Taklif 
Talab 
Muvozanat 
narx 
Muvozanat 
miqdor 
Ishlab 
chiqaruvchi 
ortiqchaligi 
Iste’molchi 
ortiqchaligi 


100 
chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta boʻlgan 
sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan 
shugʻullanishni istamaydilar. 
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi, 
yaʼni: 
1. 
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga 
nisbatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar oʻrtasida taqsimlaydilar, u 
ularning toʻlashga tayyorligi bilan aniqlanadi. 
2. 
Erkin bozorlar bu tovarlarni kam xarajatlar bilan ishlab 
chiqaruvchi yetkazib beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning bozor 
muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning 
istemolini yoki yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarishlarini 
taqsimotini oʻzgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega 
emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning 
miqdorini 
koʻpaytirish 
yoki 
kamaytirish 
yordamida 
umumiy 
farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob – yoʻq, bu bozor 
natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir. 
3. 
Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar 
umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab 
chiqaradilar. 
8-chizma yuqoridagi fikr nega toʻgʻri ekanligiga isbot keltiradi. Bu 
chizmani izohlash uchun talab egri chizigʻi xaridorlar uchun tovar 
qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizigʻi sotuvchilarning 
xarajatlarini aks ettirishini esga oling. Muvozanatli darajadan pastdagi 
qandaydir miqdorda, misol uchun Q
1
da, chekli xaridorning qimmati 
chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq boʻladi. Natijada ishlab 
chiqarish va iste’mol miqdorining oʻsishi umumiy ortiqchalikni oshiradi. 


101 
Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar toʻgʻri davom 
etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, 
misol uchun Q
2
da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchinung 
xarajatlaridan kam boʻladi. Shunga koʻra, miqdor pasayishi umumiy 
ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan 
pasaygunga qadar toʻgʻri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni 
maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab 
egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi. 
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklari yigʻindisi qanday katta boʻlishi 
mumkinligidan iborat boʻlishini koʻrsatadi. Boshqa soʻzlar bilan 
aytganda, muvozanatli natija bu resurslarni samarali taqsimlanishidir. 
Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak, bozor natijasi adolatli 
boʻlishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan tarjima 
qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Fransuzcha 
“aralashmaslik” iborasiga toʻgʻri keladi.
Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan 
baxtlidir. Garchi bu foydali boʻlsada hamma narsani yaxshi biladigan 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling