Bozorlar samaradorligi
Isteʼmolchi ortiqchaligini oʻlchashda talab egri chizigʻidan
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2 мавзу ISTE\'MOLLAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI, ISTE\'MOLCHI TANLOVI VA MUVOZANATI.
Isteʼmolchi ortiqchaligini oʻlchashda talab egri chizigʻidan foydalanish Isteʼmolchi ortiqchaligi mahsulotga boʻlgan talab egri chizigʻi bilan bogʻliq. Ularning bogʻliqligini yuqorida keltirilgan Elvis Presleyning nodir albomi misolida koʻrib chiqamiz. Biz albomga boʻlgan talab miqdorining jadvalini aniqlashimiz uchun ehtimoliy toʻrt xaridorning toʻlov uchun tayyorligidan foydalanamiz. 1-rasmda talab miqdori haqida ma’lumot keltirilgan. Agar narx 100$ dan yuqori boʻlsa, savdo 0 ga teng boʻladi, chunki hech qaysi xaridor bu albom uchun undan qimmatroq narxda sotib olmoqchi emas. Agar narx 80$ va 100$ oraligʻida boʻlsa, talab miqdori 1ga teng, chunki faqat Jon bunday yuqori narxni berishga tayyor. Agar narx 70$- 80$ atrofida boʻlsa, talab miqdori 2, chunki Jon va Pol bu miqdordagi mablagʻni toʻlashga tayyor. Shu tarzda talab jadvalini mavjud narxlar asosida tahlil qilishimiz mumkin. Shu tariqa talab miqdori toʻrt xaridorning toʻlov uchun tayyorligiga binoan turli xil boʻladi. 1-chizmada keltirilgan grafik, talab egri chizigʻi talab jadvaliga mos kelishini koʻrsatadi. Bunda eng yuqori talab miqdori va toʻlov uchun tayyorligi oʻrtasidagi munosabatlarga e’tibor berish zarur. Har qanday miqdorda talab egri chizigʻi belgilagan narx eng quyi toʻlashga tayyor xaridorni koʻrsatib beradi, bu xaridor oʻzi xohlagan narxdan oshsa, birinchi boʻlib savdodan chiqib ketadi. 4-albomni misol qilib olsak talab egri chizigʻining yuqori koʻrsatkichi 50$ boʻladi bu Ringo (eng quyi narxda sotib oluvhci xaridor)ning toʻlashga tayyorligidan kelib chiqadi. Agar 3 albom misolida olib koʻrsak, bunda talab egri chizigʻining eng yuqori koʻrsatkichi 70$ teng boʻladi va bu eng quyi narxda sotib olish istagini bildirgan Jorjga qarab belgilanadi. 87 Chunki talab egri chizigʻi xaridorlarning toʻlashga tayyorligiga ta’sir koʻrsatadi va biz uni isteʼmolchi ortiqchaligini oʻlchashda ham qoʻllashimiz mumkin. 2-rasmda bizning ikkita misol orqali iste’molchi ortiqchaligini hisoblashda talab egri chizigʻidan foydalanadi. (a) chizmada narx 80$ (va undan baland), talab miqdori 1. Eʼtibor bering, narx va talab egri chizigʻi oʻrtasidagi farq 20$ga teng. Bu miqdor biz avval hisoblaganimizdek, 1ta albom sotilgandagi aniq isteʼmolchi ortiqchaligi demakdir. 2-rasmning (b) chizmasi narx 70$ (va undan baland), boʻlgandagi isteʼmolchi ortiqchaligini koʻrsatadi. Bu holatda, narx va talab egri chizigʻi ikkita burchakning yigʻindisiga teng. Jonning bu narxdagi isteʼmolchi ortiqchaligi 30$ va Paulniki 10$ ga teng. Bu maydon 40$ tashkil etadi. Yana bir bor takrorlaymizki, bu biz yuqorida hisoblagandek isteʼmol darajasidir. Bu misoldan talab darajasiga aloqador quyidagi xulosa kelib chiqadi: quyi talab egri chizigʻi va yuqori narx bozordagi isteʼmolchi ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Bu haqiqat, chunki talab egri chizigʻining yuqoriligi isteʼmolchilarning tovar uchun toʻlaydigan Rasm Quyida1 jadvaldagi xaridor uchun talab roʻyxati koʻrsatilgan. Grafikka muvofiq talab egri chizigʻini koʻrsatadi. Talab egri chizigʻining balandligi xaridorlarning sotib olishga tayyorligini koʻrsatadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling