Bozorlar samaradorligi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana10.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1183829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 мавзу ISTE\'MOLLAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI, ISTE\'MOLCHI TANLOVI VA MUVOZANATI.

Albom 
narxi 
Albom 
narxi 
Jonning iste’mol ortiqchaligi (20$) 
(a) Narx=80$ 
(b) Narx=r0$ 
Jonning iste’mol ortiqchaligi (30$) 
Paulning iste’mol 
ortiqchaligi (10$) 
Umumiy 
isteʼmol 
ortiqchaligi 
(40$) 
(a) rasmda tovar narxi 80$ va iste’molchi ortiqchaligi 20$. (b) rasmda tovar 
narxi 70$ va iste’molchi ortiqchaligi 40$. 


89 
tushish shunchalik kam maydonni tashkil qiladiki, natijada talab ancha 
tekis boʻladi. Bu talab har xil koʻrinishga ega boʻlishiga qaramay biz 
qilgan xulosa hali ham bir xil. 
Isteʼmolchi ortiqchaligi narxdan balandda va talab egri chizigʻidan 
pastda boʻladi. (a) chizmadagi P
1
narxdagi iste’molchi ortiqchaligi ABC 
burchagida aks etgan. (b) chizmada koʻrsatilganidek narxni P
1
dan P

ga 
tushishini kuzatamiz. Iste’molchi ortiqchaligi ADF maydoniga teng. 
Iste’molchi ortiqchaligidagi oʻsish past narxda BCFD maydonga toʻgʻri 
keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu oʻsish ikki qismdan iborat. 
Birinchidan, Q
1
da yuqori P
1
narxda tovar sotib olayotgan xaridorlar 
turmush tarzi yaxshiroq, chunki endi ular kamroq narx toʻlashadi. 
Mavjud xaridorlarning iste’molchi ortiqchaligini oshishi ular toʻlayotgan 
narxni qisqarishidir. Bu BCFD maydonga teng. Ikkinchidan, past 
narxlarda tovar sotib olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo boʻladi. 
Natijada bozordagi talab miqdori Q
1
dan Q
2
ga oʻsadi. Yangi xaridorlar 
oladigan iste’molchi ortiqchaligi CEF maydonida yotadi. 
 
Iste’molchi ortiqchaligi nimani oʻlchaydi? 
Iste’molchi ortiqchaligi tushunchasini rivojlantirishdan maqsad 
bozor talabgorlari haqida toʻgʻri xulosaga kelishdan iborat. Hozirda siz 
iste’molchi ortiqchaligi nimaligini tushundingiz va uni biz 
farovonlikning yaxshi oʻlchovi sifatida qabul qilamiz. Tasavvur qilingki, 
siz yaxshi iqtisodiy tizimni yaratayotgan siyosatchisiz. Iste’molchi 
ortiqchaligiga ahamiyat berarmidingiz? Iste’molchi ortiqchaligi bu 
xaridorlar tovar uchun toʻlashni xohlagan miqdordan ularning tovar 
uchun toʻlaydigan haqiqiy narxning ayirmasi xaridorlarning oʻzlari 
qabul qilgan tovardan olgan foydani oʻlchaydi. 
Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohotchilar xaridorning foydasini 
hisobga olishi iqtisodiy farovonlikning eng yaxshi oʻlchovi boʻladi. 
Ba’zi 
hollarda 
islohotchilar 
iste’molchi 
ortiqchaligi 
haqida 


90 
oʻylamasliklari mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olishga 
undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi. 
Misol uchun giyohvandlar geroin sotib olish uchun yuqori narx 
toʻlashga tayyor. Giyohvandlar geroin uchun past narx toʻlaganliklari 
uchun foyda koʻrishmaydi. Jamiyat nuqtayi nazaridan bu holatdagi 
toʻlash istagi xaridorlar foydasining yaxshi oʻlchovi emas va iste’molchi 
ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikning oʻlchovi emas, chunki giyohvandlar 
oʻz farovonliklari haqida qaygʻurishmaydi.
Koʻp bozorlarda iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikni 
ifodalamaydi. Iqtisodchilarning ishontirishicha xaridorlar ongli ravishda 
qaror qabul qilishadi. Ongli odamlar oʻz maqsadlariga erishish uchun 
qoʻllaridan kelgancha harakat qilishadi. Iqtisodchilar yana odamlarning 
xohishlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidlashadi. Bu holatda sotib 
olayotgan tovardan qanchalik foyda koʻrishayotganini koʻrsatuvchi eng 
yaxshi hukm chiqaruvchi xaridorlar hisoblanadilar. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling