Bozorni va asosiy raqobatchilarni tahlil qilishda
Rejalashtirish va prognozlashning maqsadi va vazifalari
Download 38.05 Kb.
|
Variant garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalashtirish
- Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili.
Rejalashtirish va prognozlashning maqsadi va vazifalari.
Prognozning maqsadi – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir. Rejalashtirish– qaror qabul qilishning uzluksiz birjarayoni bo`lib, bu jarayondavomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro`y berayotgan o`z-garishlarni inobatga olgan holda vaqt bo`yicha aniqlanadi va belgi-lanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko`ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo`linadi.Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtiso-diy, texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashti- rish turi bo`lib, asosan bir yilga mo`ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy ri- vojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili. Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim: tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va hokazo); mavsumiylik; tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro); mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari; tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari; tarmoq bozorining tuzilmasi, sig’imi va uning o’zgarish tendentsiyalari; korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillari (yangi iste’molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo’lish ehtimoli). Download 38.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling