Bronza davri va uning o’rganilishi. Mavzu rejasi: Zamonbobo madaniyati
Download 139.78 Kb.
|
13 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chust madaniyati.
Amirabod madaniyati. Mil.avv. X-VIII asrlarda Amudaryoning o‘ng sohili hududida qadimgi Oqchadaryo o‘zaning janubiy yerlarida so‘nggi bronza davri Amirobod madaniyati faoliyat yuritgan. Mazkur madaniyatga oid makonlar Qoraqolpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l va Beruniy, tumanlari hududlarida joylashgan bo‘lib, ulardan Yakkaparson II va Qavat II makonlarida arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan yodgorliklardir. Uy-joy imoratlari yarim yerto‘la kulbalar va yer usti chaylalardan tashkil topgan. Yarim yer to‘la uy-joylarning maydoniga ko‘ra katta, o‘rtacha va kichik o‘lchamli turlari ajralib turadi. Ular maydoni 28 m. kv. dan 165 m. kv.m.gacha bo‘lgan. Yer usti chaylalar bizgacha yetib kelmagan, ularni taxmin qilish mumkin. Amirabod madaniyati egalari dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Dehqonchilikda sug‘orish tizimidan foydalanilgan. Xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i bo‘lgan chorvachilikda qora mol boqish yetakchi o‘rinni egallagan. O‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari ahamiyati saqlab qolgan. To‘qayzor hayvonlari, cho‘l hududlarda to‘da bo‘lib yashovchi yovvoyi hayvonlar asosiyov o‘ljasini tashkil etgan. Suv havzalariga boy hududda baliqchilikning ahamiyati doimo ustun bo‘lgan. Moddiy madaniyati namunalari bronzadan yasalgan buyumlar, tosh qurollari va sopol buyumlaridan iborat. Bu davrda bronzadan yasalgan anjomlar turi ko‘payadi. Bronzadan o‘roq, pichoq, begiz, igna, paykon va zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Yakkaparson manzilgohidan topilgan tosh qolipda o‘roq, pichoq va paykonlar quyilgan. Amirobod madaniyatiga oid sopol idishlar qo‘lda yasalgan. Ularning ayrimlarining sirti silliqlangan va qizil rangli bo‘yoqda naqshlar chizilgan. Naqshlar uchburchak, egri chiziq va archa tasviri shakllaridan iborat. Barcha sopol buyumlari xumlar, katta, kichik kosalardan iborat.Chust madaniyati. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning yirik tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri hisoblanadi. U Sirdaryoning yuqori oqimi hududida joylashgan bo‘lib, janubdan Oloy va Turkiston, sharqdan Farg‘ona va Oto‘ynoq hamda g‘arbda Chotqol-Qurama tog‘lari bilan o‘rab olingan. Bu yerlarda so‘nggi bronza davrida (mil. avv. II ming yillikning oxirgi choragi) Chust madaniyati shakllanadi. Chust madaniyati ayrim olimlarning fikriga ko‘ra mahalliy Andronovo madaniyati chorvador aholisining o‘troqlashishi natijasida paydo bo‘lgan. Boshqa bir olimlar Sharqiy Turkistonning Tarim vohasidan ko‘chib kelgan aholi asos solgan, deb hisoblaydi. Chust madaniyati taraqqiyotining ikki bosqichi ajralib turadi. So‘nggi bronza davriga oid ilk bosqichiga oid yodgorliklar vodiyning sharqiy qismlarida tarqalgan. O‘sh, Dalvarzintepa, Ashkoltepa va boshqa yodgorliklarning quyi qatlamida yerto‘la shaklidagi uy-joylar, xo‘jalik o‘ralari o‘rganilgan. Chustliklar dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi bilan kun kechirgan. Ular kulolchilik, to‘qimachilik, bronza quyish ishlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Ulardan qo‘lda yasalgan sopol bronza, tosh, suyak va metalldan yasalgan buyumlar topib o‘rganilgan. Kulolchilik buyumlari qo‘lda yasalgan sirtiga turli naqshlar chizilgan.
Download 139.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling