Bronza davri va uning o’rganilishi. Mavzu rejasi: Zamonbobo madaniyati

Download 139.78 Kb.
bet4/8
Sana21.01.2023
Hajmi139.78 Kb.
#1106993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13 Mavzu

Amudaryoning chap sohili hududlari O‘zboy o‘zani va Sariqamish ko‘li atrofida ham Tozabog‘yob madaniyati oid sopol buyumlari topilgan. Bu yerlarda ham Tozabog‘yob madaniyati tarqalgan. Tozabog‘yobning moddiy madaniyatda Srub va Andronovo madaniyatlari moddiy ashyolari bilan yaqinlik kuzatiladi. Bu mahalliy Suvyorgan madaniyati asosida Srub va Andronovo madaniyatlari taʼsirida Tozabog‘yob madaniyati vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Moddiy topilmalar sopol buyumlar, tosh qurollar, bronza buyumlar va hayvon suyaklaridan iborat. Sopollar qo‘lda tagi tekis qilib yasalgan. Ularning loyiga somon va maydalangan chig‘anoq qo‘shilgan. Idishlar tuvaksimon shaklida yasalib, bo‘g‘zi biroz toraygan. Ulardan ayrimlarining sirti silliqlangan. Geometrik shaklli uyib chizilgan naqshlar yuqoridan pastga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Bronzadan yasalgan bir tomonida tig‘iga ega bo‘lgan pichoq va dastasi suyakdan yasalgan to‘rt qirrali iskanalar topilgan. Ayollar dafn qilingan qabrda bronzadan yasalgan bilakuzuk uchraydi. Tozabog‘yob madaniyati aholisi hayotida metallga ishlov berish hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan. Qavat 3 makonidan bronza quyish va qurollar yasash ustaxonasining izlari saqlangan. Bu metall quyish uchun mo‘ljallangan qolip, metall bo‘laklari va qurollarning parchalari topib o‘rganilgan. Toshdan nayzaning uchi, yorg‘uchoq va boshqa anjomlar yasalgan. Qavat 3 yodgorligi yaqinida qadimgi dehqon jamoalari tomonidan foydalanilgan ekin maydonlarining o‘rni saqlanib qolgan. Tozabog‘yob madaniyati egalari sunʼiy qurilgan yerto‘la uylarda istiqomat qilib, xo‘jalikning chorvachilik va dehqonchilik shakllarini yuritgan. Bu madaniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichda xo‘jalikda chorvachilikning mavqei yuqori bo‘lgan. Bu yerda qoramol, qo‘y va ot boqilgan. Keyinchalik aholining o‘troqlash jarayoni chuqurlashib borishi natijasida sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi ahamiyati o‘sadi. Bug‘doy, arpa, tariq va poliz ekinlar dehqonchilikning asosini tashkil etgan.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling