Bryophyta o’simliklar bo‘limi


Download 444.23 Kb.
bet4/11
Sana06.02.2023
Hajmi444.23 Kb.
#1170044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5395323383065879709

Yungermaniyakabilar - Jungermanniidae sinfcha (ajdodcha)si. Yer yuzida sinfchaning 500 dan ortiq turi bor. Ko‘pchiligi tropik va subtropik zonalarda tarqalgan, ayrim vakillari epifit holda yashaydi. Tuban vakillariga pelliya - Pellia epiphylla, yuqori darajali poyabargli vakillariga xilostsifus – Chiloscyphus polyanthus misol bo’ladi. Bularda anteridiylar tallomning o‘rta qismida, arxegoniylar tallomning o‘sish nuqtasidan pastroqda to‘p-to‘p bolib joylashgan. Anteridiy va arxegoniylari marshansiyaga o‘xshab yomg’ir yog‘ganda yoki ko‘p shudring tushganda ochiladi va otalanadi. Yungermaniyakabilar sinfchasiga kiradigan ancha murakkab tuzilgan ikkinchi vakili xilostsifusdir (Chiloscyphus). Uning yer bag’irlab o‘sgan nozikkina ingichka tanasi bor, orqa barglari dumaloq, poyada ikki qator bo’lib joylashgan. Poyaning yerga qarab turadigan pastki tomonida esa uchinchi qorin barglari qator o‘rnashgan. Rizoid dastalari ham shu yerdan joy olgan. Anteridiylar bilan arxegoniylar xuddi pelliyalardagidek har xil o‘simlikda kalta-kalta shoxlarda hosil bo’ladi. Bularda ham ko‘payish davri pelliyalardagi kabi bo’ladi.




1.1Yo’sintoifa o’simliklari sistematikasi


Yo`sin toifalilar bo`limi 3 ta sinfga bo`linadi:
I. Jigarsimon yo`sinlar sinfi - Marchantiopsida
II. Antotserotsimonlar sinfi – Anthocerotopsida
III. Sfagnumsimonlar yoki Poya-bargli yo`sinlar sinfi– Sphagmiopsida
I. Jigarsimon yo`sinlar sinfi – Marchantiopsida ha ikki sinfga bo’linadi.
1. Marshantsiyakabilar sinfchasi-Marchantiidae
2. Yungermaniyakabilar sinfchasi-Jungermanidae
II..Poyabargli (mox) yo‘sinsimonlar 3 ta sinfchaga bo’linadi:

  1. Sfagnum yo‘sinlari - Sphagnales.

  2. Andrea yo‘sin!ari -Andrales.

  3. Yashil yo‘sinlar - Bryales.



Download 444.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling