Bryophyta o’simliklar bo‘limi


Download 444.23 Kb.
bet6/11
Sana06.02.2023
Hajmi444.23 Kb.
#1170044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5395323383065879709

2.2.Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si


Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si. Bu sinfcha 13 ta qabila, 85 oila, 700 dan ortiq turkum va 14 mingga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular ko‘p yoki bir yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, kattaligi 1mm dan to 50 sm gacha va hatto undan ham balandroq bo’lishi mumkin. Ko‘pchiligi yashil rangli. Sinfcha vakillari yakka holda yoki to’p bo‘lib, chim hosil qilib o‘sadi. Ular turli substratlarda - tuproqda, daraxtlarning tanalarida, shoxlarning po'stloqlari orasida, nordon muhitli tog‘ jinslarida o‘sadi. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to‘qimalari bir muncha shakllangan bo‘lsada, floema, ksilema elementlari taraqqiy etmagan. Sinfcha vakillari yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib, Arktikagacha bo‘lgan joylarda o‘sadi. O‘rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya turkumi turlari uchraydi. Cho’l hududidagi qumlarda erta bahorda tortula turkumi turlari va tog’li tumanlarda kakku zig’iri turkumining ayrim turlari o‘sadi. Kakku zig’irdoshlar - Polytrichaceae oilasiga mansub kakku zig‘iri turkumi 100 ga yaqin turni birlashtiradi.
Oddiy kakku zig’iri - Polytrichum commune balandligi 30-40 sm, 2 uyli, ko'p yillik, o‘t o‘simlik. U zax tuproqda, qalin chim hosil qilib o‘sadi. Jinsiy ko‘payish - otalanish hodisasi erta bahorda suvli muhitda sodir bo’ladi (yomg’ir yoqqanda, shudring tushganda). Jinsiy organlari otalik va onalik gametofitlarida alohida-alohida yetishadi. Poyasi tikka o‘suvchi, shoxlanmagan, oddiy qatlami barglar bilan zich qoplangan. Poyasining o‘rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilari esa kichik va qo'ng’ir rangli. Poyasining asosida ko‘p hujayrali, qo’ng’ir tusli rizoidlar taraqqiy etgan. Anteridiy va arxegoniylar poyaning uchida to‘p-to‘p bo’lib joylashgan. Anteridiy uzunchoq shaklda bo’lib, qisqa bandda o‘rnashgan. Anteridiydagi har bir spermagon hujayralardan bittadan ikki xivchinli spermatazoid hosil bo’ladi. Spermatazoidlar namlik yordamida harakat qilib, arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo‘shilgandan keyin zigota hosil bo’ladi. Zigotadan sporagon taraqqiy etadi.

Dastlab, sporagon arxegoniyning qorincha qismida shakllanadi, keyinchalik uning bandi uzayib, ko‘sakchasi arxegoniyning qorinchasini yorib tashqariga chiqadi. Yetilgan sporagon 2 qismdan - band va ko‘sakchadan iborat. Ko‘sakchaning ustki qismida qalpoqchasi bor, ko‘sakchaning tashqi devori yashil bo’lib, xlorofill donachalariga ega. Yetilgan sporadan qulay sharoitda protonema, protonema kurtakchalaridan esa kakku zig’iri o‘sadi. Kakku zigiri 2 uyli o`simlik. Jinsiy a`zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanib, ular poyani uchki tomonida hosil bo`ladi. Anteridiy serbar, qizg`ish yoki Sarg`ish barglar orasidan joy olgan. Anteridiyning devori bir qavat ichi bir nechta spermogen xujayralardan tashkil topgan. Har bir spermogen xujayradan ikki xivchinli spermitozoidlar etiladi. Anteridiylar orasida iplarga o`xshab ko`rinadigan va yuqori tomoni kengayib, plastinkalarga aylanadigan maxsus parafizalar bor. Arxegoniylarni tuzilishi oldingi yo`sinlardagidek. Otalanishi suv yordamida amalga oshadi. Otalangan tuxum xujayradan sparofit nasl sporogoniy hosil bo`ladi. Etilgan sporogoniy ikki qismdan-ko`sakcha va banddan iborat. Ko`sakchani yuqori tomoni arxegoniyning qorin devorchasidan o`sib chikqqn serbar, tukli qalpoqcha bilan o`ralgan. Ko`sakcha o`z navbatida bir oz kengaygan asosi va ko`sakcha bo`shlig`ini berkitib turadigan qopqoqchaga bo`linadi. Ko`sakcha bo`shlig`ida xaltachalarga o`xshagan sporangiy joylashgan. Sporangiyda hosil bo`lgan sporalar tayyor holga kelgandan so`ng, ko`sakcha ochiladi. Ko`sakcha ochilgunga qadar avval qalpoqcha tushib ketib, keyin qopqoqcha ochiladi. Bu vaqtda epifragma va uning atrofida uchi dumoloqlashgan bir nechta kalta tishchalar (peristomalar) joy olgan. epifragma bilan tishchalar o`rtasida teshikchalar bo`lib, shu erdan sporalar tashqariga sochiladi. Peristoma sporalarni tarqalishiga yordam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan so`ng, o`sib sershox protonema ipchalariga, bularda esa kurtaklar vujudga keladi. Kurtaklar asta–sekin o`sib gametofitga ya`ni poya bargli yo`sinlarga aylanadi.





Download 444.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling