Bryophyta o’simliklar bo‘limi


Psilottoifalar bo`limi Psilophyta


Download 444.23 Kb.
bet10/11
Sana06.02.2023
Hajmi444.23 Kb.
#1170044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5395323383065879709

Psilottoifalar bo`limi Psilophyta
Bu bo`lim birgina Psilotsimonlar sinfidan tarkib topgan. Bular bizning davrgacha etib kelgan «Relikt» o`simliklar hisoblanadi. Sinf bitta oila, ikkita turkumdan iborat:
1.Tmezipteris – Tmesipteris tannenis
2. Psilotum - Psilotum triquetrum
Tmezipteris turkumini 10 ga yaqin turi ma`lum. Ular Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu o`simliklarni bo`yi 5–40 (100) sm. Ildizi rivojlanmagan, ildiz poyali epifit holda yashaydigan o`simlik, ya`ni boshqa o`simlik tanasida substrat sifatida foydalaniladi. Ildizpoyalaridan novdalar o`sib chiqib, ular daraxt tanasida osilib turadi. Novdalar oddiy ba`zan dixotomik tarzida shakllanadi. Barglari lantsetsimon tuzilishiga ega. Poyaning ustki qismlaridagi vegetativ barglar orasida sporofillar bor. Ular ikkiga ajralgan bo`lib, o`rtasida ikkita sporangiy hosil buladi. Har ikkala qo`shilib sinangiyni hosil qiladi. Sporalari bir xil. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, tuproq ostida rivojlanadi.
Psilotum 2 turdan iborat bo`lib, ular Er Sharining tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. Bu o`simlik ham erda yoki daraxt tanasida epifit holda hayot kechiradi. Ildizpoyasidan dixototik shoxlangan er usti novdalari chiqadi. Ular mayda barglar bilan qoplangan. Novdalarda sporangiylar uchtadan bo`lib, joylashgan.
Ular o`zaro qo`shilib, sinangiylarni hosil qiladi. Gametofiti yuqoridagi o`simlikka o`xshaydi.
III.BOB Xulosa
Xo`jalikdagi ahamiyati: yo`sinlar tabiatda keng tarqalgan bo`lsa ham xo`jalik nuqtai-nazaridan ma`lum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda tuzilgan jigarsimon yo`sinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Tundrada o`suvchi kakku zigiri bug`ular uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Botqoqliklarda o`sadigan sfagnumlardan esa torf hosil bo`ladi. 1 metr torf hosil bo`lishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo`sinlaridan yoqilg`i sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi.


Download 444.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling