Bu sahifa navigatsiya
Iste'molchilarning xulq-atvori
Download 25.61 Kb.
|
Document (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-chizma. Xaridorlar xulq-atvorining oddiy modeli
Iste'molchilarning xulq-atvori deganda tovar xarid qiluvchilarning tovarni
tanlash va sotib olish jarayonida tushinib etgan xatti-harakatlarining majmui tushuniladi. Korxonaning yoki firmaning bozorda samarali faoliyat ko’rsatishida ham ko’p hollarda iste'molchilarning xulq-atvorini o’rganish muhim hisoblanadi. Aynan, iste'molchilarning tovarning har xil xususiyatlariga, baho o’zgarishiga, reklamaga bo’lgan munosabatini yaxshi tushunib etgan firma raqobatchi firmaga qaranganda bir muncha qulayliklarga ega bo’ladi. Shu sababli ham firma va uning ilmiy xodimlari marketingning qo’zg’atuvchi omillari va xaridorlarning javob reaktsiyalari o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qilishga ko’p vaqtlarini sarf qiladilar. Bu harakatlarning tayanch nuqtasi bo’lib esa xaridorlar xulq-atvorining oddiy modeli hisoblanadi. Xaridorlar xulq-atvorining oddiy modelini quyidagi 27-chizma yordamida izohlash mumkin. 27-chizma. Xaridorlar xulq-atvorining oddiy modeli Chizmada ko’rsatilganidek, marketingning uyg’unlashtiruvchi omillari va boshqa qo’zg’atuvchilari xaridor ongining "qora qutisi"ga kirib boradi va ma'lum bir javob reaktsiyasini vujudga keltiradi. Quyidagi 28-chizmada esa o’sha oddiy modelning birmuncha kengaytirilgan shakli keltirilgan. Markеtingning uyg’unlashtiruvchi omillari va boshqa qo’zg’atuvchilari Xaridor ongining “qora qutisi” Xaridorning javob rеaktsiyasi 154
28-chizma. Xaridorlar xulq-atvorining kengaytirilgan modeli Keltirilgan 28-chizma ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, marketingning qo’zg’atuvchi omillari o’z ichiga tovar, narx, reklama va sotishni rag’batlantirish kabi asosiy to’rtta elementni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, qo’shimcha qo’zg’atuvchi omillar ham iste'molchilarning xulq atvoriga ta'sir ko’rsatadi. Bularga iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy muhitlarni keltirish mumkin. Bu hamma qo’zg’atuvchilar xaridorlar ongining "qora quti"sidan o’tib kuzatish mumkin bo’lgan xaridor reaktsiyasini vujudga keltiradi. Bu reaktsiya o’z navbatida nima xarid qilinganligi kabi jarayonlarda o’z ifodasini topadi. Bozorda faoliyat yurituvchi marketologning vazifasi esa xaridor ongining "qora quti"sida nima ro’y berayotganligini aniqlashdan iboratdir. "Qora quti"ning o’zi esa ikki qismdan tashkil topgandir. Birinchi qismi - qo’zg’atuvchilarni qanday qabul qilishi va unga munosabatiga asosiy ta'sir ko’rsatuvchi xaridorlar tavsifi bo’lsa, ikkinchisi esa xaridorning qaror qabul qilish jarayoni hisoblanadi. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling