Bu sahifa navigatsiya


Iste'molchilarning xulq-atvori


Download 25.61 Kb.
bet7/9
Sana28.12.2022
Hajmi25.61 Kb.
#1022748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Document (1)

Iste'molchilarning xulq-atvori deganda tovar xarid qiluvchilarning tovarni
tanlash va sotib olish jarayonida tushinib etgan xatti-harakatlarining majmui
tushuniladi. Korxonaning yoki firmaning bozorda samarali faoliyat ko’rsatishida ham 
ko’p hollarda iste'molchilarning xulq-atvorini o’rganish muhim hisoblanadi. Aynan,
iste'molchilarning tovarning har xil xususiyatlariga, baho o’zgarishiga, reklamaga 
bo’lgan munosabatini yaxshi tushunib etgan firma raqobatchi firmaga qaranganda bir 
muncha qulayliklarga ega bo’ladi. Shu sababli ham firma va uning ilmiy xodimlari 
marketingning qo’zg’atuvchi omillari va xaridorlarning javob reaktsiyalari o’rtasidagi
bog’liqlikni tadqiq qilishga ko’p vaqtlarini sarf qiladilar. Bu harakatlarning tayanch 
nuqtasi bo’lib esa xaridorlar xulq-atvorining oddiy modeli hisoblanadi. Xaridorlar
xulq-atvorining oddiy modelini quyidagi 27-chizma yordamida izohlash mumkin.

27-chizma. Xaridorlar xulq-atvorining oddiy modeli  

Chizmada ko’rsatilganidek, marketingning uyg’unlashtiruvchi omillari va 


boshqa qo’zg’atuvchilari xaridor ongining "qora qutisi"ga kirib boradi va ma'lum bir 
javob reaktsiyasini vujudga keltiradi. Quyidagi 28-chizmada esa o’sha oddiy
modelning birmuncha kengaytirilgan shakli keltirilgan.

Markеtingning


uyg’unlashtiruvchi omillari
va boshqa qo’zg’atuvchilari 

Xaridor ongining


“qora qutisi” 

Xaridorning 

javob 

rеaktsiyasi 


154

 
  


  
  
  
 
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 

28-chizma. Xaridorlar xulq-atvorining kengaytirilgan modeli 
  
  
Keltirilgan 28-chizma ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, marketingning 
qo’zg’atuvchi omillari o’z ichiga tovar, narx, reklama va sotishni rag’batlantirish kabi
asosiy to’rtta elementni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, qo’shimcha qo’zg’atuvchi 
omillar ham iste'molchilarning xulq atvoriga ta'sir ko’rsatadi. Bularga iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy muhitlarni keltirish mumkin. Bu hamma 
qo’zg’atuvchilar xaridorlar ongining "qora quti"sidan o’tib kuzatish mumkin bo’lgan 
xaridor reaktsiyasini vujudga keltiradi. Bu reaktsiya o’z navbatida nima xarid 
qilinganligi kabi jarayonlarda o’z ifodasini topadi.
Bozorda faoliyat yurituvchi marketologning vazifasi esa xaridor ongining 
"qora quti"sida nima ro’y berayotganligini aniqlashdan iboratdir. "Qora quti"ning o’zi 
esa ikki qismdan tashkil topgandir. Birinchi qismi - qo’zg’atuvchilarni qanday qabul 
qilishi va unga munosabatiga asosiy ta'sir ko’rsatuvchi xaridorlar tavsifi bo’lsa, 
ikkinchisi esa xaridorning qaror qabul qilish jarayoni hisoblanadi.

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling