Бухоро вилояти, Шофиркон тумани


Savol: Boburning adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz? 1- o’quvchi


Download 31.14 Kb.
bet5/7
Sana17.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1279555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dars ishlanmaM Do`stmurodova Bobur 35 мактаб adabiyot Автосохраненный

Savol: Boburning adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz?
1- o’quvchi: Boburning bir she’riy devoni , “ Boburnoma”si, aruz haqidagi “ Muxtasar” asari, “ Mubayyin al – zakot” ( zakot bayoni) nomli she’riy risolasi va Xo’ja Ahrordan qilingan “ Volidiya tarjimasi yetib kelgan.
2 – o’quvchi: Devonidagi she’rlar to’rt yuzdan ortiq bo’lib, shundan 119 tasini g’azal, 231 tasini ruboiylar tashkil qiladi.
O’qituvchi: - Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzing hajrida sarg’aydim,
Ko’rub rahm aylagil ey, lolaruh bu chehrayi zardam,
Bu g’azalda ma’no jihati bir - bir-biriga qarama – qarshi, so’z va iboralarni , fikr va holatni zid qo’yib, tazod yordamida ta’sirchanlikka erishadi. Yoki
“ Topilmas “ radifli g’azalida , topilmas – radif, jafokor, vafodor asosiy qofiya,
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Barcha so’zlar ohangdosh, bu tarsi san’ati jafokor- vafodor tazod san’ati, zidlik yor – jafokor, zor – vafodor so’zlarida bir – birini taqozo qilishlik tanosib san’atdir.
O’quvchilar Boburning g’azal va ruboiy, tuyuqlaidan namunalar aytadilar. 1- o’quvchi: “ Topmadim” radifli g’azalini yod aytadi,
2- o’quvchi: She’rni yozilish tarixi haqida gapiradi.
3- o’quvchi: “ Qoldimu” radifli g’azalini yod aytadi.
4- o’quvchi: She’rning yozilish tarixi haqida gapiradi.
O’qituvchi : - Bobur asarlarining o’rganish uning merosini to’plash borasida xorijda va mamlakatimizda juda ko’plab ishlar qilingan. Uning bir qator asarlari “ Boburnoma” , “ Mubayyin” , “ Risolai aruz” lar, xususan rus o’quvchilariga yaxshi ma’lum.Masalan quyidagi tuyuqning tarjimasida S.N.Ivanov o’ziga xos uslub va rus so’zlaridagi shakily o’xshashliklardan foydalangan: Qaddimni firoq mehnati yo qildi ( yoydek qildi)
Ko’nglum g’ami anduh ustiga yoqildi, ( kuydi)
Ko’nglum saboga aytib erdim, ey gul,
Bilmam sanga sharh qilmadim yo qildi ( yoki qildi )
Tarjimada:
Лиш вспомню я разлуки бол, мне стан как лук прогнёт,
Как про очень души сказать про гнёт?
О роза , ветру я сказал , о горестях моих,
Но передаст ли он тебе , как горе стан мой гнет?
Tarjimon tuyuqdagi ayrim so’zlarning rus tilidagi aynan muqobullarini ishlata olgan: qad-stan firoq-razluka, mehnat- bol,

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling