Бухоро вилояти, Шофиркон тумани


Download 31.14 Kb.
bet4/7
Sana17.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1279555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dars ishlanmaM Do`stmurodova Bobur 35 мактаб adabiyot Автосохраненный

Darsning shoiri: Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen
Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen
Dars davlati:
Andijonim qoldi mening, anda jonim qoldi mening
Bobur.
(Bobur she’ri bilan aytiladigan qo’shiq yangraydi)
O’qituvchi : Andijon qovunini ko’ziga surtgan,
Yillar to’fonida jang bilan o’tgan
Charxning sitamidan goh qonlar yutgan
Hazrati Boburni madh etmay bo’lmas.
Barkamol avlod tarbiyasi uchun Alisher Navoiy va Mirzo Bobur kabi ulug’ ajdodlarimizning hayotiy tajribasi hamda ijodiy merosini o’rganish, ularning ibratli jihatlarini o’zlashtirish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri.
Bobur rolini bajaruvchi o’quvchi kirib keladi.: :

  • “ Tangri taoloning inoyati bilan … seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz to’qson to’qqizda Farg’ona viloyatida o’n ikki yoshda podsho bo’ldim. “ Xazon yaprog’i yanglig’ “ g’azalini aytadi.

O’qituvchi: - Butun dunyoda Bobur Mirzo Osiyo Renessansi deb ataladigan yuksaklik davrining ijodkori sifatida– butun mamlakatlar hayotida yuz bergan shiddatli kurashlar va keskin burilishlarni boshdan kechirgan va buning hammasini o’z asarlarida aks ettirgan.
Savol: Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li haqida qanday fikrlarni bildirasiz?
Tezkor savollar beriladi(Slayd orqali savollar o’qiladi)
- Aziz o’quvchilar Bobur Mirzo hozirgina bizga SMS yubordilar. Unda o’zlarining yolg’on aralash hayotlarini sizga aytib o’tganlar.Undagi xatolarni topishingiz kerak.
Men Bobur Mirzo 1483- yilning 14- fevralida Andijon viloyatining poytaxti Farg’onada tavallud topganman. Amakim Umarshayx Mirzo temuriylardan bo’lib, Andijonda hokimlik qilar edi. Men o’z sarguzashtlarimni XIV asr oxiri va XV asr boshlarida ro’y bergan tarixiy voqealarni tasvirlab, “ Boburnoma”ni yaratdim
Men musiqa sohasida ham unumli ish qilib, “ Musiqiy ilmi “ degan asarni yaratdim. “ Boburnoma “ asaridan keyin men “ Humoyunnoma” ni yaratdim. Mening yagona maqsadim O’zbekistonni mustaqil ko’rish edi.
O’qituvchi : Muhammad Solihning “ Shayboniynoma” asarida aytilishicha
“ Bobur Mirzo o’zi podshoh bo’lgani uchun hech kimga tobe emas edi. Ijod jarayonida o’zini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling