Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)


Download 1.41 Mb.
bet23/69
Sana09.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#261705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
2 5220112696191487152

Nazorat savollari:

1. CHo‘lg‘anma chirog‘ida yorug‘lik qanday hosil bo‘ladi?

2. CHo‘lg‘anma chirog‘ining avzalliklarini ko‘rsatib o‘ting?

3. Nima uchun lyumenissent chiroqlari keng tarqalgan?

4. Lyumenissentchirog‘ining avzalliklarini sanab o‘ting?

5. DRL va DKsT chiroqlari qaerda ishlatiladi?

7-MA’RUZA

CHug‘lanma chiroqlari

Reja:

1. Zamonaviy chug‘lanma chiroqlarining tuzilishi.

2. CHug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik xossalari.

3. CHug‘lanma chiroqlarning elektrik xossalari.

4. Yod davrli chug‘lanma chiroqlari.
Zamonaviy cho‘g‘lanma chiroqlarining tuzilishi

Kuchlanishi, quvvati va ishlab chiqarishi bo‘yicha farq qiladigan har xil chug‘lanma chiroqlar mavjud. Lekin, mana shu xilma-xillik, yorug‘lik ishlab chiqarishning yagona fizik prinsipi bilan va hamma tuzilishlarda qo‘llaniladigan asosiy qismlarning o‘xshashligi bilan birlashgan. Umumiy yoritish maqsadida qo‘llaniladigan juda tipik chug‘lanma chiroqlarini tuzilishini ko‘ramiz (GOST 2239-70).



Diametri chiroqning quvvati bilan aniqlanadigan shishali kolba (1) atrof havodan qizish jismini yakkallash uchun xizmat qiladi. U maxsus mastik yordamida sokolga (9) o‘rnatiladi. Kolba ichida chiroq «oyoqchasi» degan murakkab shishali detal joylashgan, u o‘z ichiga shishali shtabikni (5), tortadigan trubacha-shtenglni (8), likopchani (12) oladi. Bu detallar shishasining natijasida tortadigan teshikli kurakcha (7) hosil bo‘ladi. U shtengelning ichki bo‘shligiga ulangan. «Oyoqchaga», (d) materialidan tayyorlangan kirish yo‘llarining o‘rta qismlari ham kiradi; ular, (6) kirish yo‘llarining ichki qismlari ulanadi va materialidan yasalgan kirish yo‘llarining tashqi qismlariga ulanadi (elektrodlar). SHtabikning (shishali o‘zak) yuqori qismiga ilgaklar (3) kavsharlangan, unga, spiral ipga o‘xshagan chiroqning qismi (2) mahkamlangan. Qizish jismidan sokolga qarab, uch qismdan tashkil topgan elektrodlar (kirish yo‘llari), ketadi. Qizish qismini tayyorlash uchun volfram qo‘llaniladi.



SHishali kolbaning bo‘yniga, flanets yordamida, oyoqchaning likopchalari kavsharlangan. Kolba yordamida hosil bo‘ladigan bo‘shliq, zamonaviy chug‘lanma chiroqlar aksariyatida inertli gaz yoki aralashmasi bilan to‘ldiriladi, shundan so‘ng u atrof muhitdan yakkalanadi, shtengel esa kavsharlanadi.

Qizish jismining yigilaganroqligini olish uchun, volfromning bug‘lanish tezligani kamaytirish uchun, gazda issiqlikning nisbiy isrofini kamaytirish uchun, volframli simga spiral shakli beriladi va chiroq o‘qiga peripendikulyar bo‘lgan tekislikda ochiq halqa shaklida joylashtiriladi.



CHug‘lanma chiroqlarning samaradorligani yanada ko‘proq oshirishga harakat qilish, egizak spirallarni qo‘llashga olib keldi (bispiralli chiroqlar).

Quvvati 150 Vt gacha bo‘lgan bir spiralli chiroqlar vakuumli qilib ishlab chiqariladi (sharti belgisida V harfi bor).

Volframning kukunlanishi (sochilishi)-ni kamaytirish uchun va qizish jismining ish haroratini oshirish uchun, iloji boricha yuqori bosimdagi inertli gaz bilan to‘ldiriladi (bosim ko‘tarilganda volframning kukunlanishi kamayadi).

CHiroqdagi gazning normal bosimi 0,1 Mpa (600 mm.sin.ust.) dan oshmaydi. Gaz to‘ldirilgan chiroqlarning shartli belgisida G harfi bor, bispiralli ipi bor chiroqlarda-B harfi, kripton bilan to‘ldirilganlarda-K harfi bo‘ladi.

Tiniq kolbali chiroqlardan tashqari, sutli kolbasi bor chiroqlar ham ishlab chiqariladi. Sutli kolbasi bor chiroqlarda yorug‘lik oqimini kamayishi 20% dan oshmasligi kerak.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling