Elektr quvvati (Vt) va yorug‘lik oqimi (lm)
CHug‘lanma chiroqlar uchun – bu hisob parametridir. Tajribadan olinadigan elektr quvvat, nominal kuchlanish bilan tarmoqqa ulangan, birlamchi chiroqlar guruhining o‘rtacha arifmetik quvvatidir.
YOrug‘lik oqimi – chiroqning elektr quvvatiga va qizish jismi haroratiga bog‘liq holda bo‘ladi. CHiroqning yoqilishi jarayonida volframni asta-sekin sochilishi bo‘ladi, bu esa ipning diametrini kichrayishiga va uning qarshiligining oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida quvvat va yorug‘lik oqimini kamayishiga olib keladi. CHiroqning yorug‘lik oqimini kamayishi yana kolbaning xiralashishi natijasida bo‘lishi mumkin (volfromning sochilish natijasida xiralashadi).
GOST ga asosan, yorug‘lik oqimi va elektr quvvati 5-10% (nominal qiymatiga nisbatan) atrofida og‘ishi ruxsat etiladi.
YOrug‘lik unumi
YOrug‘lik unumi son jihatdan, chiroq nurlanayotgan yorug‘lik oqimini, uning elektr quvvatiga nisbatiga
bu erda: F - yorug‘lik oqimi, (lm).
R – elektr quvvat (chiroqning quvvati) (Vt).
YOrug‘lik unumi, chiroqning tejamkorligini xarakterlaydi qizish jismining haroratiga to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi.
Nurlanish rangi
CHCH ning nurlanish rangi qizish jismining haroratiga bog‘liqdir. Qizish jismining harorati ishi bilan chug‘lanma chiroqlarning nurlanish rangi qora jismining rangiga yaqinlashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |