Bundan tashqari "Ilk qadam davlat dasturi" tasis etilgan
Download 305.21 Kb.
|
kurs ishi Farangiz
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rsatilganidek, shaxsning 1har tomonlama uyg’un kamoloti va o’z qobiliyati hamda malakalarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini, samarali mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o’zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy islohotlarning maqsadi va haralatlantiruvchi kuchidir.Bu hujjatlarda komil inson va barkamol shaxs tayyorlash masalalariga alohida urg’u berilgan. Bundan tashqari “Ilk qadam davlat dasturi” tasis etilgan. Ilk qadam davlat dasturi Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi (quyida: «MTM davlat wo'quv dasturi») O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshidagi bo’lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga egadir. Barkamol avlod deganda, avvalo, sogʼlom nasl tushuniladi. Shu bois oʼtgan yillar mobaynida yoshlarimizda nafaqat yuksak intellektual salohiyat, mustaqil fikr, keng dunyoqarashni shakllantirishga, balki ularni jismonan chiniqtirishga, ommaviy sportni rivojlantirishga, mamlakatimizning barcha xududlarida, xususan chekka qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualari bunyod etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va maʼnaviy sogʼlom oʼsishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega boʼlgan uygʼun rivojlangan insonlar boʼlib, XXI asr talablariga toʼliq javob beradigan barkamol avlod boʼlib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat vasharoitlarni yaratishni oʼz oldimizga maqsad qilib qoʼyganmiz. Xalq ta'limi tizimi faoliyati va rivojlanishining zamonaviy sharoitida yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash samaradorligini oshirish vazifasi har qachongidan ham dolzarb bo'lib turibdi. Bu milliy ta'lim tizimining barcha darajalarini takomillashtirishni, o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishni ta'minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasi oldida turgan bir qator vazifalarda bolalarni maktabga tayyorlash vazifasi muhim o'rin tutadi. Bolaning muvaffaqiyatli o'rganishga tayyorligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri bu to'g'ri, rivojlangan nutqdir. «Ta’lim to’g’risida»gi qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi. Shunga muvofiq so’nggi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan «Davlat talablari», «Bolajon» tayanch dasturi, «Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim», «Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya» kabi hujjatlarga asoslanish bola shaxsini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.”Yangi O’zbekiston”maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi, degan g’oya asosida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshiramiz. Sh.M. Mirziyoyev. Maktabgacha yoshdagi bolalarda eng ko'p uchraydigan buzilishlar - bu nutqning rivojlanishidagi buzilishlar. Maxsus statistik ma'lumotlarga ko'ra taraqqiyot buzilishlarining chastotasi va turlarini hisobga olgan holda pedagogika va YuNESKO va Jahon xalqaro tashkilotlarining statistik hisobi sog'liqni saqlash tashkilotlari: bolalarning yosh guruhidagi huquqbuzarliklar orasida 20% nutqning buzilishi ekanligini takidlashgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda uning uzviy davomi boʼlmish maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturiyurtimiz taʼlim sohasini modernizatsiyalash, oʼqituvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, oʼqitishning yangicha usullarini faoliyat jarayoniga keng tadbiq etish borasidagi muhim qadamlaridan biri boʼldi. Respublikasi Prezidenti qarorida: Taʼlim jarayoniga yargi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylar va oliy oʼquv yurtlarida oʼqitish sifatini tubdan yaxshilash, taʼlim muassasalarining oʼquvlaboratoriya bazasini zamonaviy turdagi oʼquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash, shuningdek, oʼqituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda maʼnaviy ragʼbatlantirish boʼyicha samarali tizimni yanada rivojlantirishdan iboratdir. O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishi, ya’ni ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta’lim, ma’daniyat, ilm-fan sohalarini rivojlantirish, xususan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, maktabgacha ta’lim va maktab yoshidagi bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun muassasalardagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha va maktab ta'limi bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta'minlash, sog'lom avlodni voyaga yetkazish, shuningdek ularni zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, XXI asr talablariga javob beradigan barkamol, yetuk shaxslar bo’lib yetishishi uchun zarur bo’lgan imkoniyat va sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu masala alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasiga ham ta’luqlidir2. Bola hayotining yettinchi yili – besh yildan yetti yilgacha bo’lgan bolalarni rivojlantirishning juda muhim davri davomiyligi hisoblanadi.Insonlarni hayvonlardan ajratib turuvchi narsa uning nutqidir. Insonlar ma’lumotlarning ko’p qismini nutq yordamida yetkazib beradi.Shunday ekan, bolalarda nutq kamchiliklarini tekshirish, ulardagi kamchiliklarni bartaraf etish dolzarb masala sanaladi. Download 305.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling