Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Tomonlarining o‘rtalariga ko‘ra (2???? − 1) burchak yasang.  20


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

19. Tomonlarining o‘rtalariga ko‘ra (2𝑛 − 1) burchak yasang. 
20. Tashqi chizilgan aylanani bir uchdan chiqarilgan bissektrisasi, medianasi va 
balandliklarining davomlari kesib o‘tgan nuqtalarga ko‘ra uchburchak yasang. 
21. Tashqi chizilgan aylananing markaziga tomonlariga nisbatan simmetrik 
bo‘lgan nuqtalarga ko‘ra uchburchak yasang. 
22. Balandliklarining asoslariga ko‘ra uchburchak yasang. 
23. Ikki kesishuvchi aylana berilgan. Ularning kesishish nuqtasidan shunday 
to‘g‘ri chiziq o‘tkazingki, uning aylanalar orasidagi qismi: 
a) shu nuqtada teng ikkiga bo‘linsin; 
b) berilgan kesmaga teng bo‘lsin. 
24. Ikki aylana berilgan. Berilgan nuqta orqali shunday to‘g‘ri chiziq o‘tkazingki: 
a) uning aylanalar orasidagi bo‘lagi shu nuqtada teng ikkiga bo‘linsin; 
b) u aylanalarda teng vatarlar hosil qilsin. 
25. Ikki aylana berilgan. Berilgan to‘g‘ri chiziqqa parallel shunday to‘g‘ri chiziq 
o‘tkazingki, bu to‘g‘ri chiziq: 
a) aylanalardan teng vatarlar kesib o‘tsin; 
b) aylanalarda kesib o‘tgan vatarlar yig‘indisi berilgan kesmaga teng bo‘lsin. 
26. Aylanada 𝐴 va 𝐵 nuqtalar belgilangan, 𝐶 – shu aylananing biror nuqtasi. 𝐴𝐵𝐶 
uchburchak a) bissektrisalari; b) balandliklari kesishish nuqtalarining geometrik 
o‘rnini aniqlang. 
27. Berilgan 𝑎 va 𝑏 kesmalarga ko‘ra √𝑎
4
+ 𝑏
4
4
kesmani yasang. 
28. Berilgan aylanaga va berilgan to‘g‘ri chiziqqa to‘g‘ri chiziqning berilgan 
nuqtasida urinuvchi aylanani yasang. 
29. Berilgan to‘g‘ri chiziqqa va berilgan aylanaga aylananing berilgan nuqtasida 
urinuvchi aylanani yasang. 
30. Berilgan ikki nuqtadan o‘tib, berilgan to‘g‘ri chiziqqa urinuvchi aylanani 
yasang. 
31. Berilgan ikki nuqtadan o‘tib, berilgan aylanaga urinuvchi aylanani yasang. 
32. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan to‘g‘ri chiziqqa va berilgan aylanaga 
urinuvchi aylana yasang. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling