Буржуазная теория «второй экономики» // Вопросы экономики. 1986. №11. С. 104-112
Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar
Download 434.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Hufyona iqtisoiyot-10
1. Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar.
Ushbu konferensiyada qator chiqishlar narxlar ustidan davlat nazorati sharoitida norasmiy yo‘llar bilan tovarlar sotish va ularning bozor bitimlariga ta’sirida ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar qiladigan xarajatlar tabiatini tahlil qilishga bag‘ishlandi. Xususan, S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar noqonuniy bozorlarda o‘z tovarlarini sotish orqali narxli tartibga soladigan va uning nolegal savdolar ko‘lamiga ta’sirini hisobga oladigan sotuvchilarda vujudga keladigan risklarning sabablari muammosiga to‘xtalib o‘tadilar 143 . Adabiyotlarda riskning miqdori, ya’ni topilish va jazolanish ehtimoli faqat mutanosib bozorda sotilgan tovarlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, degan fikr bildiriladi. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar yo (1) taklif qilingan tovar umumiy miqdori narxli nazoratning intensivligi bilan belgilanib, unga bog‘liq ravishda tovarning katta yoki kichik qismi legal bozordan nolegal bozorga o‘tishini; yoki (2) narxlar ustidan nazorat o‘rnatishda butun savdo to‘lig‘icha mutanosib bozorga o‘tishini aniqladilar. Umuman, nolegal va legal sotuvlarni hisobga olib, bozorda tovarlar taklifining muvozanatli hajmi quyidagicha shakllanadi. Dastlab “ishlab chiqaruvchilar cheklangan xarajatlari mutanosib va rasmiy narxlar o‘rtasidagi tafovut bilan taqqoslanmas ekan, o‘zlarining mutanosib bozordagi harakatlari orqali (o‘z tovarini) mutanosib bozorda sotadilar” 144 . Mutanosib bozordagi sotuvlarda ustuvorlik yo‘qolganda, mahsulotning cheklangan xarajatlarini (riskni istisno etadigan) rasmiy narxlar bilan 142 “mutanosib bozorlar” tushunchasi - “norasmiy iqtisodiyot” tushunchasining sinonimlaridan biridir. 143 Devarajan S., Jones С, Roemer М. Markets under Price Controls in Partial and General Equilibrium // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1881-1894. 144 O‘sha yerda. P. 1864. taqqoslab bo‘lmas ekan, ishlab chiqaruvchilar rasmiy bozorda o‘z tovarlarini sotishda davom etadilar. Nolegal bozorda riskning roli to‘g‘risidagi masala kontrabanda iqtisodiy tahlili bilan bog‘liq ravishda birinchi marta adabiyotlarda ko‘tarib chiqildi. M. Pitt 1980-yillarning boshlaridayoq kotrabandachilar tomonidan aralash strategiya – legal va nolegal savdoni qo‘shishni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqdi 145 . U kontrabandachini ushlab turish riski faqat kontrabanda orqali keltirilgan tovarlarning ko‘payishi tomonigagina emas, balki qonuniy savdo o‘sganda, kamayishi tomoniga ham o‘zgarishi mumkin, deb ko‘rsatdi. Rasmiy yo‘llar bo‘yicha tovarlar bir qismini sotish biznesmenga legal maqomini ta’minlaydi va mutanosib bozorda boshqa qismini sotish to‘g‘risidagi hukumatning gumonini ifodalashi mumkin. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romer mutanosib bozorning amal qilishi umumiy modelini qurishi va kontrabandistlarning umumiy “mahsulot chiqarish” riskining oddiy modelida bo‘lishi zarur bo‘lgan miqdordan oshib ketishini ko‘rsatishi uchun riskning mazkur xususiyatidan foydalanadilar. Qonuniy savdo jarima jazolariga tortilish riskini kamaytirgan va ishlab chiqaruvchiga mahsulotning cheklangan xarajatlarini rasmiy narxlarga teng bo‘ladigan nuqtadan yuqori ko‘tarish imkonini bergan holda tushumlarni ko‘paytiradi. «Agar sotuvchilarning xarajatlari (shu jumladan, risklar, jarimalar va poralar) davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor xarajatlariga nisbatan kam bo‘lsa, - deb ta’kidlaydi K. Djons va M. Romer, - sotilayotgan (tovar) lar umumiy soni oshib borar ekan, ular tovarni fermerlardan yuqori narxlarda sotib olish va uni iste’molchilarga belgilanganidan past narxlarda sotish orqali bozorda belgilangan “soliq” larni qoplashlari mumkin. Sotilganlar (tovar) umumiy soni mutanosib (bozor) yo‘l mavjud bo‘lmaganda, bozor mexanizmi orqali sotilgan miqdordan oshib ketgan (bunda) bo‘lar edi» 146 . 145 Qarang: Pitt M. Smuggling and Price Disparity // Journal of International Economics. 1981. Vol. 11. P. 447-458. 146 Jones С, Roemer М. Modeling and Measuring Parallel Markets in Developing Countries // World Development. 1989 Vol. 17. No. 12. P. 1865. Mutanosib bozorlar bo‘yicha konferensiyaning boshqa ishtirokchilari mutanosib bozordagi risklar yoki operatsiyalarning boshqa xarajatlari o‘zaro aloqadorligi hamda ko‘lamdan tejamkorlik muammosiga e’tibor qaratdi. Kontrabanda yoki noqonuniy savdo cheklangan xarajatlari sotuvlar hajmi bilan oshib borayotganligi ko‘rsatildi, ya’ni faoliyat ko‘lamidan salbiy tejamkorlik mavjud, biroq pora berishda yoki nolegal iqtisodiyotda ko‘lamdan tejamkorlik amal qilishi mumkin. Xarajatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin: sotuvchilar nazoratni qanday amalga oshirishni yaxshi biladilar, mutanosib bozor muassasalari xarajatlarni salbiy tejashga moslashadilar. J.P. Azam va T. Beslilar o‘z asarlarini nolegal savdodagi ko‘lamdan tejamkorlik samarasi empirik tadqiqotiga bag‘ishlab, ular yashirin bozor modelini Gana iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha qurdilar 147 . Ganada kakao rasmiy narxi jahon narxlaridan past. Fermerlar o‘z hosilining bir qismini Togo yoki Fil suyagi qirg‘og‘i qo‘shni davlatlaridagi kontrabanda orqali tovar keltirayotgan norasmiy savdogarlarga sotadilar. Transport vositalarini tanlagan va zaruriy porani to‘lagan holda sotuvchilar faqat taqchil iste’mol tovarlarini kontrabanda orqali tashishda foydalaniladigan yuk mashinalaridan kakaoni kontrabanda orqali olib kelish uchun foydalanganlarida pastroq xarajatlar qiladilar. Download 434.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling