Буржуазная теория «второй экономики» // Вопросы экономики. 1986. №11. С. 104-112


O‘zbekistonda mehnat bozorida norasmiylikni aniqlash


Download 434.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana08.11.2023
Hajmi434.6 Kb.
#1756902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hufyona iqtisoiyot-10

O‘zbekistonda mehnat bozorida norasmiylikni aniqlash 
xususiyatlari. Norasmiy sektor iqtisodiyotning soliq solinmaydigan 
qismi bo‘lib, hukumat tomonidan nazorat qilinmaydi va shuning 
uchun mamlakatning yalpi ichki mahsulotini hisoblashda hisobga 
olinmaydi. 
138
O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi ko`rsatkichlari/ nashr etilgan: 
17/07/2017//http: stat.uz; Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий 
ҳолати. 2018 йил январь-декабрь.-Т., 2019.-93-бет ma’lumotlari asosida mualliflar 
tomonidan tuzildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 
dekabrdagi 1011-sonli qarorida
139
norasmiy sektorda ishlaydiganlar 
soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tmagan xodimlar sifatida belgilanadi. 
Norasmiy sektor turli shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, uni 
o‘lchash uchun ko‘plab vositalar mavjud. 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan 
o‘tkazilgan 
hisob-kitoblarga 
ko‘ra
140

norasmiy 
sektorda 
ishlaydiganlar ulushi mamlakatning iqtisodiy faol aholisining 
taxminan 45 foizini tashkil etadi. Bu holda, norasmiy sektorning 
ko‘rsatkichi sifatida, ish bilan ta’minlangan aholining daromad solig‘i 
to‘lamagan qismi sifatida, hech qanday yozma shartnomasiz 
ishlayotganlarning ulushi hisobga olindi. 
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 
yanvar holatiga iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 13,5 million 
kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, Soliq qo‘mitasining hisobotlariga 
ko‘ra, jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilarining umumiy soni 2020 yil 
boshiga kelib 4,9 million kishini tashkil etgan, shu tariqa budjetga 
o‘rtacha o‘rtacha 16 foiz soliq tushumini ta’minlaydigan shaxsiy 
daromad solig‘i xodimlarning atigi 36 foizida olinadi. 13,5 million 
bandlardan chet elda ishlaydigan 2,5 millionga yaqinini hisobdan 
chiqarib tashlansa, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning atigi 55 foizi 
rasmiy ravishda ishlaydi. 
Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda 
norasmiy sektorning taxminiy hajmi har xil tadqiqotlar natijasida 
turlicha berilgan bo‘lib, ular YaIMning 27-52% ni tashkil etadi. 
ITIM tomonidan respublikaning mintaqalarida sektorning 
norasmiy bahosi ham o‘tkazildi.
 
Shunday qilib, norasmiy sektor darajasi past bo‘lgan hududlar 
qatoriga Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va 
139
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 22.12.2017 й. 1011-
сон "Ишга жойлаштиришга муҳтож аҳоли сонини аниқлаш, шу жумладан, уй 
хўжаликларини меҳнат билан бандлик масалалари бўйича ўрганишлар ўтказиш, 
шунингдек, меҳнат ресурслари, бандлик ва ахолини ишга жойлаштириш 
балансини шакллантириш методикасини такомиллаштириш тўғрисида"ги Қарори 
140
Хасан Маджидов, Бахтишод Хамидов. Разглядеть невидимку: 
неформальный сектор в Узбекистане. https://review.uz/ru/y6u 


Navoiy viloyatlari kiradi. Norasmiy sektor darajasi yuqori bo‘lgan 
hududlar qatoriga Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand 
viloyatlari kiradi. 
Shu bilan birga, norasmiy yollashning asosiy qismi xususiy 
kompaniyalar tomonidan amalga oshirilishini ta’kidlash lozim (65%). 
Bundan tashqari, norasmiy yollash / ishga jalb qilishning uchdan bir 
qismi o‘zini o‘zi ish bilan band bo‘lganlar (tikuvchilar, duradgorlar, 
haydovchilar va boshqalar)ga to‘g‘ri keladi. Davlat ulushi mavjud 
korxonalarning norasmiy ishga yollashdagi ulushi 2% ni tashkil qiladi. 
Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlari 

Download 434.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling