Буржуазная теория «второй экономики» // Вопросы экономики. 1986. №11. С. 104-112
Download 434.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Hufyona iqtisoiyot-10
82%
51% 8% 0% 20% 40% 60% 80% 100% 120% 1-5 6-10 11 киши ва ундан кўп расмий секторда норасмий секторда tomonidan O‘zbekistondagi kichik, o‘rta va yirik biznes korxonalari top-menejerlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etgan 1239 ta respondentlar tomonidan ham qayd etilgan. Xususan, respondentlar norasmiy sektor mavjudligini o‘z biznesining rivojlanishidagi eng muhim to‘siq deb atashdi. Bundan tashqari, ushbu muammo yirik va kichik korxonalar uchun katta korxonalarga qaraganda ancha dolzarbdir. Shu nuqtai nazardan, norasmiy sektor ulushini qisqartirish va bozorning barcha ishtirokchilari uchun bir xil sharoitlarni yaratish mamlakat hukumatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi kerak. Biroq, bunday siyosat uchun vositalarni ishlab chiqish qo‘shimcha chuqur tadqiqotlarni talab qiladi. 7.3. “Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional yondashuvlar. Neoinstitutsional nazariya asosiy e’tiborini insonning xo‘jalik faoliyatini belgilovchi va cheklovchi “o‘yin qoidalari” va umuman, iqtisodiy rivojlanish jarayoni o‘rtasidagi aloqadorlikka qaratadi. Tadbirkorlik iqtisodiyot rasmiy sektori unsurlari hisoblanib, bunda “o‘yin qoidalari” o‘rnatilgan va ular bilan himoya qilingan amal qilishiga mos keladi. Va aksincha, tadbirkorlar bu qoidaga rioya qilmaganlarida, ular iqtisodiyot norasmiy” sohasi unsurlari sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, belgilangan mezonlarga amal qilish “qonuniy” iqtisodiyotda ishtirok etishning birinchi darajali mezoni hisoblanadi, ayni vaqtda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik yoki kuzatish norasmiy xufyona iqtisodiyotda qatnashish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. E.Fayg tomonidan berilgan ta’rifni keltirish mumkin: «Norasmiy iqtisodiyot xarajatlar (xususiy) qiladigan va mulkchilik munosabatlarini tartibga soladigan qonunlar va ma’muriy qoidalar yozilgan huquqlarni, tijoriy litsenziyalash, mehnat shartnomalari, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urta munosabatlarini va foydalarni (ijtimoiy) istisno etadigan iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi» 141 . 141 Feige Е. L. Defining and Estimating Underground and Informal Economies: The New Institutional Economics Approach // World Development. 1990. Vol. 18. No. 7. P. 992. 1980-yy.dayoq dalillar to‘plash va empirik kuzatishlardan norasmiy iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar umumlashtiruvchi modellar tuzishga o‘tadilar. Iqtisodiy – matematik modellashtirishga e’tibor qarata boshlagan norasmiy iqtisodiy faoliyatga 1988 y. noyabrida bo‘lib o‘tgan “Rivojlanayotgan mamlakatlarda mutanosib bozorlar” xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari yorqin misol bo‘la oladi» 142 . Download 434.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling