Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


Yozma qo`shishning bu usullari ustida yetarlicha ishlash natijasida o`quvchilarda tez va to`g`ri hisoblash ko`nikmalari hosil qilishga erishish kerak


Download 0.79 Mb.
bet31/79
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#236556
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
MO'M

Yozma qo`shishning bu usullari ustida yetarlicha ishlash natijasida o`quvchilarda tez va to`g`ri hisoblash ko`nikmalari hosil qilishga erishish kerak.

Yozma ayirishning har xil usullari qo`shishga o`xshash amalga oshiriladi: oldin yig`indidan yig`indini ayirish qoidasi qaraladi, so`ngra yozma ayirish usuli ochib beriladi.

469-127, 865-642 hollari.

Bunda avval o`quvchilardan yig`indidan yig`indini ayirish qoidasiga asosan ayirishni bajarish so`raladi:

469-127=(400+60+9)-(100+20+7)=(400-100)+(60-20)+(9-7)=300+40+2=342.

865-642=(800+60+5)-(600+40+2)=(800-600)+(60-40)+(5-2)=200+20+3=223.

Shunda keyin ko`pchilik o`quvchilar agar ayiriluvchi kamayuvchining ostiga, ya'ni birliklarni birliklar, o`nliklarni o`nliklar, yuzliklarni yuzliklar ostiga ustun qilib yozilsa, 3 xonali sonlarni ayirish oson bo`lishini payqay oladilar:

469 865


-127 - 642

342 223


Dastlabki, vaqtlarda 3 xonali sonlarni ayirish mukammal tushuntirishni talab qiladi, keyin qisqa tushuntirish ham kifoya.

570-236, 805-632 hollari.

570

- 236


334

Shundan keyin ayirishning quyidagi tartiblari qaraladi:

1) Kamayuuvchining birligi ayriluvchi birligidan kichik bo`lgan hollari.

2) Kamayuvchining o`nliklari ayriluvchining o`nliklaridan kichik bo`gan hollari.

3) Kamayuvchining birlik va o`nliklari ayriluvchining birlik va o`nliklaridan kichik bo`lgan hollari.

1) 873 2) 837 3) 935

- 358 - 354 - 278

315 483 657


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling