«Ko`p xonali sonlar» ichida arifmetik amallarni o`rganish.
Bu mavzuni o`rganishda o`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarning arifmetik amallar (qo`shish va ayirish, ko`paytirsh va bo`lish) orasidagi o`zaro bog`lanishlarni umumlashtirish va sistemalashtirishdan, yozma hisoblashlarning ongli va puxta ko`nikmalarini hosil qilshdan iborat.
I.Ko`p xonali sonlarni qo`shish va ayirish.
Ko`p xonali sonlarni qo`shish va ayirish bir vaqtda o`rganiladi. Natijada bilimlarni egallash, malaka va ko`nikmalar hosil qilish uchun yaxshi sharoit yaratiladi, chunki bu amallarning nazariyasi o`zaro bog`lih, hisoblash usullari o`xshash. Ko`p xonali sonlarni qo`shish va ayirishning nazariy asoslari yig`indini yig`indiga qo`shish va yig`indidan yig`indini ayirish qoidalaridan iborat. O`quvchilar yozma hisoblash usullarini mustaqil bajara olishlari uchun 3 xonali sonlarni qo`shish va ayirish usullarini xotirada qayta tiklash kerak. O`quvchilarga, analogiyadan foydalanib, har bir keyingi misol oldingisi ni o`z ichiga oladigan mashqlarni yechish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |