Baholash va kalkulatsiya — korxona va tashkilotlardagi m avjud mablag‘lar harakati buxgalteriya hisobida ifodalanadi, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar o‘rganiladi, baholash va kalkulatsiya alohida ahamiyatlidir. Mablag‘lar harakatini o‘rganish, asosan, pul o‘lchov birligida yuritilishini hisobga olgan holda baholash pul ifodasida yuritiladi.
Ikki yoqlama yozuv va schotlar — buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ko‘rsatiladi. Har bir amalga oshiriladigan xo‘jalik operatsiyasidan birining ko‘payishi ikkinchisining ozayishiga olib keladi. Korxona mablag‘larining holatini o‘rganishda u yoki bu mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlashda schot ko‘rsatkichlari asos uchun o‘rganiladi. Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan rasmiylashtirish hujjatlarga asoslangan holda olib boriladi.
Buxgalteriya hisobi schotlarini yuritishdan asosiy maqsad, hujjatlardan kerakli joyda umumlashtirilgan ma’lumotlarni tayyor holda olish mumkin.
O‘z navbatida, schotlar ikki guruhga, ya’ni xo‘jalik mablag‘larining joylanishini ko‘rsatuvchi schotlarga va xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oluvchi schotlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |