Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
3. XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shakllari va idoraviy bo’ysunishidan qat’i nazaramalga oshirilayotgan barcha xo’jalik operatsiyalarni O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun”ning 14- moddasi va Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” talablari doirasida ularni sodir bo’lishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob hujatlari bo’lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xо‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bо‘linganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bо‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning о‘z vaqtida, tо‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir. Hisoblash texnikasi vositalari yordamida mashina o’qiydigan tashuvchilarda tuzilgan birlamchi hujjatlar tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo’lganda , buxgalteriya hisobida qo’llaniladi. Mashina usulida tayyorlangan hujjat, 389 “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq moddiy tashuvchiga (magnitli, qog’ozli) yozilishi, tayyorlanishi va qog’ozga chiqarilishi lozim. Bunda “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilinishi lozim. Buxgalteriya hisobini mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) sharoitida birlamchi hujjatlar rekvizitlari kodlar ko’rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda mashina o’qiydigan axborot tashuvchidagi birlamchi hujjat va registr hujjat to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul shaxsning kodiga ega bo’lishi mumkin. Kodning aniq shaxsga tegishliligi mashina o’qiydigan axborot tashuvchida hujjatni tuzuvchi korxona tomonidan qayd etiladi hamda zarurat tug’ilganda boshqa birovning kodlaridan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi texnik, dasturiy vositalar va tashkiliy sharoitlar yaratiladi. Hujjatlarni bosmaxonada chop etilgan va belgilangan shakldagi blankalarda, barcha rekvizitlarini to‘ldirgan holta tuzish kerak, agar biror bir rekvizitini to’ldirish uchun ma’lumot bo‘lmasa, bo‘sh joy chizib qo‘yiladi. Hujjatlarda yozuv rang bilan, sharikli ruchkada qo‘lda va yozuv mashinkasi, kompyuter texnikasi yordamida bajariladi. Pul hujjatlarida summa son va yozuv bilan amalga oshiriladi. Qo‘lda tuziladigan hujjatlar hamma o‘qiy oladigan darajada bexato, sonlar va hujjatni matni chiroyli husnixat bilan yozilishi kerak. Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar hujjatning o’z vaqtida tuzilishi va to’g’riligi, ishonchliligi hamda buxgalteriya hisobida aks ettirilishiga belgilangan muddatda topshirilishi uchun javobgardirlar. Birlamchi hujjatlardagi bo’sh qatorlar ustiga chizib qo’yiladi. Birlamchi hujjatlar imzolash huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan hujjatlar ma’sul shaxslar tomonidan о‘rnatilgan tartibda, hujjatlar aylanishi jadvalda belgilangan sanalarda xо‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriyaga kelgan hujjatlar albatta tekshiriladi. Tekshiruv shakl (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to’ldirishning to’liqligi va to’g’riligi), 390 mazmun (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko’rsatkichlarning mantiqiy bog’lanishi) bo’yicha amalga oshiriladi. Eng avvalo, hujjatlarning xo‘jalik operatsiyalarni mazmunini bildiruvchi, ko‘rsatkichlarini (rekvizitlari) hammasini to’ldirilganligi, ma’sul shaxslarning imzo chekkanligi, hujjatning to‘g‘ri to‘ldirilganligi arifmetik jihatdan yuzaki tekshirib ko‘riladi (hujjatda ko‘rsatilgan baholar, summalar to‘g‘ri yozilganligi.). Nihoyat, hujjat mantiqan to‘g‘ri tuzilganligi tekshirilib, sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini huquqiyligi va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Qonun hujjatlariga va pul mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklar va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarf qilish bo’yicha belgilangan tartibga zid bo’lgan birlamchi hujjatlar kelib tushganida, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshiriladi. Tekshirilgan buxgalteriya hujjatlarga ishlov beriladi (hujjatlar obrabotka qilinadi) ya’ni, hujjatlardagi barcha arifmetik amallar qayta hisoblab chiqiladi (taksirovka qilinadi), guruhlanadi va hujjatning tegishli joyida schyotlar aloqasi qо‘yib chiqiladi (pravodka tuziladi). Shundan keyin hujjatlarning xо‘jalik operatsiyalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlari sintetik va analitik schyotlarga yoziladi. Ishlovdan o’tgan birlamchi hujjatlar ularning qayta qo’llanilishini istisno etuvchi belgiga ega bo’lishi lozim, qo’l yordamida ishlovdan o’tkazilganda - hisob registriga yozilgan sana, hisoblash qurilmasida ishlovdan o’tkazilganda - ishlovdan o’tkazish bo’yicha mas’ul operator shtampining izi. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo’lgan hujjatlar “Olindi” yoki “To’landi” shtampi yoki qo’l yozuvi bilan sana (oy, kun, yil) ko’rsatilgan holda majburiy so’ndiriladi. Birlamchi hujjatdagi matn va raqamlar ustidan chizishlarga va izoh berilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Birlamchi hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatolar quyidagicha tuzatiladi: xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning ustidan to’g’ri matn yoki summalar yoziladi. CHizuv bitta chiziq bilan, tuzatilgan xatoni o’qib bo’ladigan qilib, amalga oshiriladi va 391 birlamchi hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo’yilishi lozim. Birlamchi bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Birlamchi hujjatlar yoki kompьyuter hisobi ma’lumotlari buxgalteriyada maxsus xonalar yoki yopiladigan javonlarda korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan vakolat berilgan shaxslar javobgarligida kamida uch yil mobaynida saqlanadi. Korxonalardan birlamchi hujjatlarni olib qo’yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudlar tomonidan olib qo’yishlar, mazkur organlarning O’zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo’yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi imzo qo’ydirib, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga topshiriladi. Olib qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati bilan va ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari olib qo’yilayotgan hujjatlardan olib qo’yish asoslari va sanasini ko’rsatgan holda nusxa olishlari mumkin. Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qo’yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qo’yilayotgan bo’lsa, olib qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati bilan va ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro’yxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, muhrlashi, o’z imzosi va muhri bilan tasdiqlashi) yoki olib qo’yilayotgan hujjatlarning ro’yxatini har bir hujjatdagi betlar sonini ko’rsatgan holda tuzishi lozim. Bunda olib qo’yishni amalga oshirayotgan organlarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari ro’yxatni imzolashadi. Rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarni yo’qotish hollarida korxona raxbari buyruq bilan yo’qotish sabablarini tekshirish bo’yicha komissiya tayinlaydi. Tekshiruv natijalari komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma 392 bilan rasmiylashtiriladi. Birlamchi hujjatlarni yo’qotishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling