Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
10. INVENTARIZATSIYA NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDA AKS ETTIRILISHI. Inventarizatsiya jarayonida ishchi komissiya a’zolari moddiy qiymatliklarni qayta sanash, o’lchash, tortish yо‘li bilan ularning haqiqiy miqdorlarini aniqlaydilar va 19-sonli milliy andozada kо‘rsatilgan namunadagi inventarizatsiya rо‘yxatini (opis) tuzadilar (2-ilovaga qarang). Rо‘yxatning har bir betini oxirida shu betda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. Shuningdek, ishchi poda va ma’suldor xayvonlar, parranda va asalari oilalari, kо‘p yillik о‘simliklar, kо‘chatzorlar yо‘qlama qilinayotganda О‘zbekistan Respublikasi Qishlok va suv xо‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq 411 xо‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan inventarizatsiya rо‘yxatini (opis) tuzadilar. Inventarizatsiya yakunlangandan keyin Inventarizatsiya rо‘yxatining oxirgi varag‘ida komissiya a’zolari shu rо‘yxatda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. Sо‘ng moddiy javobgar shaxs “... ushbu qayta rо‘yxatga olish dalolatnomasida kо‘rsatilgan moddiy qiymatliklar mening bevosita ishtirokimda hisoblab chiqilganligini tasdiqlayman va shu moddiy qiymatliklarni о‘z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim, qayta rо‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yо‘q… (agar, davosi bо‘lsa, e’tirozini yozadi)” degan mazmundagi tilxatga imzo chekadi. Tо‘liq rasmiylashtirilgan qayta rо‘yxatga olish rо‘yxati (opis) komissiya raisi tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Korxona rahbariyati inventarizatsiya tо‘g‘ri о‘tkazilganini nazorat qilish maqsadida, inventarizatsiya о‘tkazilgan ombor yoki boshqa obyekt ochilgunga qadar nazorat tekshiruvlari о‘tkazadilar.Nazorat tekshiruvi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma tekshirishlarni hisobga olish daftarida rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Korxona mulkining bir qismini saralab rо‘yxatga olish uchun korxonalarda tekshirish va saralab qayta rо‘yxatga olish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya davrlari о‘rtasida moddiy qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining va о‘rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Inventarizatsiya moddiy javobgar shaxslar almashayotganda o’tkazilayotgan bо‘lsa, rо‘yxatga olish rо‘yxatida moddiy qiymatliklarni qabul qilayotgan shaxslar, ularni о‘zining javobgarligiga olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar. Korxonaga tegishli bо‘lmagan, biroq vaqtincha saqlash uchun olingan moddiy qiymatliklarga aloxida inventarizatsiya rо‘yxatlari tuziladi. 412 Inventarizatsiya rо‘yxatlari texnik vositalarda yoki qо‘lda tо‘ldirilishi mumkin.Qо‘lda tuziladigan inventarizatsiya rо‘yxatlari chiroyli husnixat bilan, aniq-ravshan qilib tо‘ldiriladi. Hech qanday о‘chirish va tuzatib yozishlarga yо‘l qо‘yilmaydi. Qayta rо‘yxatga olish rо‘yxatlarida tо‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qо‘yiladi. Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs rо‘yxatning oxirigi varag‘iga shu rо‘yxatda nechta moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy javobgar shaxslardan «…hayat a’zolari boyliklarni uning xozirligida tekshirganini, hayat a’zolariga nisbatan xech qanday da’vosi yо‘qligi va rо‘yxatda sanalgan boyliklar masuliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga…» oladilar va rо‘yxatni buxgalteriyaga topshiradilar. Korxona buxgalteriyasida inventarizatsiya ma’lumotlari mantiqan va arifmetik usul bilan tekshirib kо‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda yо‘l qо‘yilgan arifmetik xatoliklar tо‘g‘rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya rо‘yxatining oxirgi betida baholar va summalarning tо‘g‘riligi tekshirgan buxgalteriya xodimi bu haqidagi yozuvni amalga oshirib imzo chekadi. Shundan keyin inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash vedomosti tuziladi. Unda hisob ma’lumotlari bilan qayta rо‘yxatga olish rо‘yxati ma’lumotlari о‘rtasida aniqlangan farqlar qayd qilinadi. Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi: 1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi: D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor mashulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar 413 K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti; 2. Belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi xo’jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish va muomala chiqimlari hisobdan o’chiriladi (yo’qolish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo’llani). Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi boyliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o’tkazilgan qayta navlarga ajratish bo’yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo’lsa, tabiiy yo’qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo’yicha qo’llaniladi. Tasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda yo’qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi: D-t - 9400 “Davr xarajatlari” K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mashulotlar”; 3. Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi 74 : D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mashulotlar”; 4. Boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, mashulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi. D-t - 9400 “Davr xarajatlari” 74 Suiiste’molliklar oqibati bo’lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va talafotlar aniqlangandan so’ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va talafotlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi. 414 K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mashulotlar”; 5. Kamomatlar undirib olinganda: D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” schyoti. Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o’zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko’ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo’l qo’yiladi. Bunda yo’l qo’yilgan qayta navlarga ajratish to’g’risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar. Moddiy javobgar shaxslar aybi bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo’lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida komissiya mufassal tushuntirish berilishi kerak. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling