Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
9. INVENTARIZATSIYA О‘TKAZISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
405 9. INVENTARIZATSIYA О‘TKAZISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI. Inventarizatsiya muddatlari 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan AdliyaVazirligida ro‘yxatga olingan “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” nomli 19-son buxgalteriya hisobining milliy andozasida belgilab berilgan: 1. Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, davlat korxonasi qayta shakllantirilganda yoki tassarufidan chiqarilgan paytda; 2. Tovar-moddiy qiymatliklar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining “Tovar-moddiy zahiralar” nomli 4-son milliy andozasiga binoan 73 tovar-moddiy zahiralarni inventarlash (ro’yxatdan o’tkazish) tovar-moddiy zahiralarning amalda mavjudligini nazorat qilish va ularning sof sotish qiymatini tasdiqlash hamda ularning saqlanishini ta’minlash uchun bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi; 3. Asosiy vositalar О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98 yilda 491-son bilan rо‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining “Asosiy vositalar” nomli 5-son milliy andozasiga binoan ikki yilda kamida birmarta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta yо‘qlama qilinadi; 4. Kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, markalar, qat’iy hisobdagi blankalar, cheklar va qimmatga ega bо‘lgan boshqa boyliklar oyda bir marta; 5. Yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mashulotlari har chorakda bir marta, qimmatbaho materiallar tarmoq yо‘riqnomalariga muvofiq qayta rо‘yxatga olinadi; 6. Jamoaviy moddiy javobgarlik sharoitida qayta rо‘yxatga olish, jamoa rahbari о‘zgarganda, jamoadan, uning ellik foizdan ortiq a’zolari 73 Mazkur Standartga O’zR AV 20.11.2002 y. 486-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’iga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan. 406 chiqib ketganda, shuningdek jamoa a’zolarining talabi bilan о‘tkaziladi; 7. Xо‘jalik subyeklarining rahbarlarini ixtiyori bilan. Mavsumiy xarakterga ega bо‘lgan korxonalarda qayta rо‘yxatga olish moddiy qiymatliklarning eng kam qoldig‘i bо‘lgan davrlarda hamda quyidagi hollarda о‘tkaziladi;: 1. Asosiy vositalar, tovar – moddiy qiymatliklar qayta baholanganda; 2. Moddiy javobgar shaxslar almashganda; 3. О‘g‘rilik, suiiste’mol va moddiy qiymatliklarni buzilish holatlari aniqlanganda; 4. Tabiiy ofat (yong‘in, suv olish va boshqalar) yoki boshqa favqulodda holatlarda; 5. Korxona tugatilganda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda. Inventarizatsiyani sifatli tashkillash va o’tkazish maqsadida hisobot yilining boshida korxona rahbarining buyrug‘iga binoan korxona rahbari yoki uning о‘rinbosari, bosh buxgalter, mutaxassislar (muxandis, iqtisodchi va boshqalar) va ichki audit vakillaridan iborat tarkibda doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi tuziladi. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari quyidagi vazifalarni bajaradilar: 1. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomat, ortiqcha va da’vo qilish muddatning о‘tkazib yuborilgan debetor qarzlari natijasida kо‘rilgan zarar summalari bо‘yicha mas’ul shaxslardan yozma tushuntirish xatlari oladilar; 2. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomat, nobudgarchilik, qiymatliklarning buzilishi va ortiqcha chiqishlarning sabablarini о‘rganadilar; 3. Inventarizatsiya natijasida topilgan tafovutlar (kamomat va ortiqcha chiqishlar) bо‘yicha о‘zining xulosasini va takliflarini protokol bilan 407 rasmiylashtiradilar. Bu protokol keyinchalik kamomad va ortiqcha chiqqan summalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bо‘ladi. Inventarizatsiya rejasiga muvofiq qayta rо‘yxatga olish joyi bо‘yicha korxona rahbarining buyrug‘i tayyorlanadi. Buyruqda quyidagilar keltiriladi: 1. Inventarizatsiyaning maqsadi; 2. Inventarizatsiya joyi; 3. Inventarizatsiyani boshlash va tugatish vaqti; 4. Inventarizatsiya ishchi komissiyasi tarkibi. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari tarkibidan qayta rо‘yxatga olish ishchi komissiyasi shakllantiriladi. Uning tarkibiga, mutaxasislar (buxgalteriya, moliya, iqtisod yoki texnika bо‘limi xodimi) va ichki audit vakili kiritiladi. Inventarizatsiya ishchi komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 1. Moddiy javobgar shaxsni korxona rahbarining qayt rо‘yxatga olish tо‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tanishtirish; 2. Moddiy javobgar shaxsdan, uning moddiy javobgarligidagi qiymatliklarning butligi haqida tilxat olish; 3. Inventarizatsiya joyini obdan kо‘zdan kechirish va qо‘shimcha kirib- chiqish yо‘llarni muhrlab qо‘yish; 4. Xatlovni bevosita javobgar shaxs ishtirokida о‘tkazish; 5. Barcha о‘lchov birliklarini sozligini tekshirish; Tovar-moddiy boyliklarning xaqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin inventarizatsiya ishchi komissiyasi, yordamchi binolar, yertо‘lalar va boyliklar saqdanadigan omborlarning alohida kirish-chiqish eshiklari plombalaydi; og‘irlikni о‘lchaydigan barcha ulchovlar sozlanganini tekshiradi, zaruriyat bо‘lganda davlat standart organlari tekshiruvidan о‘tkazadi. Inventarizatsiya, qiymatliklarning joylashgan о‘rnida va moddiy javobgar shaxslarning bevosita ishtirokida о‘tkaziladi. Bir moddiy javobgar shaxs 408 tasarufidagi moddiy qiymatliklarni qayta rо‘yxatga olish uchun bir kishini birin - ketin ikki marta inventarizatsiya komissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas. Komissiya a’zolari har bir xо‘jalik obyektidagi mol-mulkni rо‘yxatga olishdan oldin moddiy javobgar shaxsdan 2-ilovada keltirilgan mazmunda tilxat oladilar. 1-ilova Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling