Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 INVENTARIZATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA, UNING


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
8. INVENTARIZATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA, UNING 
AHAMIYATI VA TURLARI. 
Korxona aktivlarini va moliyaviy majburiyatlarini haqiqiy holatini
saqlanishini va butligini nazorat qilish maqsadida. ular qayta rо‘yxatga olinadi. 
Qayta rо‘yxatga olish, buxgalteriya hisobi usullaridan biri bо‘lib, uning 
yordamida korxona aktivlari, passivlari va majburiyatlarning haqiqiy miqdori 
qayta о‘lchash, sanash, tortish va solishtirish yо‘li bilan aniqlanadi. 
Korxonalar mol-mulkini hamda moliyaviy majburiyatlarini qayta 
rо‘yxatga olish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi Ўзбекистон 
Респeбликаси Молия вазирлиги томониdaн 1999 йил 19 октябрdaEГ/17-19-
2075-сон билан тасdиқланган ва 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan Adliya 
Vazirligida rо‘yxatga olingan. Hisobot yilida qayta rо‘yhatga olish soni, uni 
о‘tkazish sanasi, mulk va moliyaviy majburiyatlar rо‘yxati ushbu andozaning 
1,5 va 1,6 bandlarida kо‘zda tutilgan holatlardan tashqari, korxona rahbari 
tomonidan belgilanadi. 
Quyidagilar, qayta rо‘yxatga olishning asosiy maqsadlari bо‘lib 
hisoblanadi: 
1. Mavjud mol-mulkning haqiqiy miqdorlarini aniqlash; 


404 
2. Haqiqatda mavjud mol-mulk miqdorlarini buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bilan solishtirish; 
3. Majburiyatlarning buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirilganligini 
tekshirish. 
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning joylashgan yeri va moliyaviy 
majburiyatlaridan qatiy nazar, ularning tassarufidagi barcha mol-mulklar qayta 
rо‘yxatga olinadi. Shuningdek, xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 
vaqtincha saqlashga, ijaraga, qayta ishlash uchun olingan va biron-bir sababga 
kо‘ra ilgari hisobga olinmay qolgan barcha mol-mulklar ham yо‘qlama qilinishi 
kerak.Qayta rо‘yxatga olish, о‘tkazish xarakteriga, korxonalar mulkini qamrab 
olishiga va o’tkazish muddatlariga kо‘ra tavsiflanadi. 
О‘tkazish harakteriga kо‘ra qayta rо‘yxatga olish rejali va tasodifiy 
bо‘lishi mumkin. Rejali qayta rо‘yxatga olish xо‘jalik mablag‘larini ma’lum bir 
belgilangan vaqtda hisobga olish bilan izohlanadi. Buning uchun, har hisobot 
yilining boshiga, korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda bosh buxgalter 
tomonidan aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni qayta rо‘yxatga olish rejasi 
ishlab chiqiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qayta rо‘yxatga 
olishni tо‘g‘ri va sifatli bо‘lishini ta’minlash uchun, uni tо‘satdan о‘tkazish 
kerak. Shuning uchun qayta rо‘yxatga olish rejasini ma’lumotlari moddiy 
javobgar shaxslardan sir saqlanadi. 
Tasodifiy qayta rо‘yxatga olish ma’lum bir sabablarga kо‘ra о‘tkaziladi. 
Masalan, moddiy javobgar shaxslar almashganda yoki tashqi nazorat idoralari 
(soliq idorasi, soliq departamenti, prokuratura hamda bо‘lak nazorat idoralari) 
talabiga kо‘ra. Tekshiruvlar ularning bevositi ishtirokida va nazoratida 
о‘tkaziladi. 
Korxonalar mulkini qamrab olish darajasiga kо‘ra qayta rо‘yxatga olish 
yoppasiga va qismani bо‘ladi. Yoppasiga rо‘yxatga olishda qaytda rо‘yxatga 
olish joyidagi hamma mol-mulkar, qisman rо‘yxatga olishda esa, saralab olingan 
mol-mulklargina xatlovdan о‘tkaziladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling